SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617192021
22232425262728
2930     
Xristofor Kolumb "Kayman" orollarini ochgan kun
1503-05-10

Kayman orollari Buyuk Britaniyaning Vest-Indiyadagi mustamlaksi bo'lib, Katta Kayman, Kichik Kayman va Kayman-Brak orollaridan tashkil topgan. Ular Karib dengizining shimoli-g'arbiy qismida joylashganlar, Kuboy va Yamayka (AQSh) orasida. Kayman orollari 1503 yil 10 mayda mashhur ispan dengizchisi va xaritachisi Xristofor Kolumb tomonidan, uning Yangi Dunyoga to'rtinchi va so'nggi ekspedisiyasida ochilgan. Ushbu joylar tub aholisi nomi saqlanib qolmagan, va Kolumb evropaliklardan birinchi bo'lib, ushbu pastkam orollarning qirg'oqlarini qurdi. Ispanlar boshlanishida ularni "Las-Tortugas" – "Toshbaqa orollari" deb atashdi, orollarda va atrofdagi suvlarida ushbu sudralib yuruvchilarning ko'pligi tufayli, lekin keyinroq ma'lum bo'ldiki, timsoxlar u erda ancha ko'proq, va orollar qayta nomlandi. 1523 yildan boshlab orollar dengiz kartalariga "Lagartos"lar nomi bilan ko'rsatilgan, kaysiki "alligatorlar" yoki "katta kaltakesaklar"ni bildiradi. 1530 yildan "Kayman orollari" nomidan foydalanilgan. Taxminiy fikrlarga ko'ra, bu nom paydo bo'lishiga, evropalik sayyoxlar, u erda yirik iguanani ko'rganda, ularni timsox-kayman deb qabul qilishgani sabab bo'lgan. O'shandan beri "Kayman orollari" nomi kartografiyada qo'llaniladi Angliyaliklardan birinchi bo'lib Frensis Dreyk 1586 yilda orolga kelgan. Keyingi yuz yillik davomida orollar Karib dengizida suzgan kemalarga oziq-ovqat va chuchuk suv zaxiralarini to'ldirish uchun nufuzli oraliq joy bo'lib xizmat qilishdi, doimiy aholi yo'q edi, dengizchilar, qaroqchilar va toshbaqa ovchilari bu erda qisqa vaqtga to'xtashar edi. 1670 yildagi Madrid shartnomasiga ko'ra orollar ustidan nazorat rasmiy ravishda Britaniyaga topshirilgan, qaysiki Yamaykadagi gubernator orqali boshqarilgan. Asta-sekin Katta Kaymanda doimiy aholi paydo bo'la boshladi, lekin qolgan orollar yana uzoq vaqt axolisiz qolishgan. 19 asr boshlanishiga aholi arang ming kishiga qadar etardi, buning ustiga yarim aholisi qullar bo'lgan edilar. 1835 yilda qullik bekor qilinishi bilan ko'plab ozod qilingan qullar orollrda qolishdi, va 20 asr boshlanishiga aholi soni 5 marta oshdi. Mahalliy aholisi paxta, qizil daraxt etishtirardi, arqon to'qishar edi va baliqchilik bilan shug'ullanishdi. Deyarli barcha mahsulot Yamaykaga eksport kilinardi. Mamlakat iqtisodiyotni modernizasiya qilishga bir necha bor harakat qilingan, lekin orolda yashovchilar o'zining ajralib qolgan xayot turmush tarzidan (izolyasiya) kutulishga shoshishmagan. 1962 yilda Yamayka mustaqillikka erishgandan keyin Kayman orollari aholisi Buyuk Britaniyaning tassarrufida qolmoqlikni istadi. Xuddi shu davrda u erda offshor sektori guldiros rivojlanishi boshlandi. Katta timsoh oroli bank ishlari markazi va karib sayyohlik poytaxtlaridan biri bo'lib koldi. Bugun Kayman orollari – gullayotgan moliyaga oid offshor markazi, iqtisodiyotining asosi – bu sayohatga oid biznes. Har yili orollarga 2 milliondan ortiqroq sayyohlar tashrif buyuradilar. Orollar zamonaviy turistik infratuzilma, oq qumli go'zal plyajlari va suvosti ovchiligining ideal shart-sharoitlari, dayving, yaxting va serfing bilan mashhur.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan