SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
Uzun tumani tashkil etilgan kun
1942-01-12

1942 yil 12 yanvar – Uzun tumani tashkil etilgan kun

Surxondaryo viloyati Uzun tumani. Viloyatning sharqiy qismida joylashgan. 1942 yil 12 yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 2,33 ming km2. Aholisi 127,7 ming kishi, asosan, o‘zbeklar, shuningdek, qozoq, rus, tatar, turkman, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Tumanda 7 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Markazi – Uzun qishlog‘i.

                Tumanda paxta tozalash, temir-beton buyumlari, maxsus ixtisoslashtirilgan tajriba zavodlari, 270 dan ziyod firma va kichik korxona, shuningdek, “Uzun-Komron” qo‘shma korxonasi faoliyat ko‘rsatadi.

                64 umumiy ta’lim maktabi, 2 iste’dodli bolalar internat maktabi, ixtisoslashtirilgan internat maktabi, qishloq xo‘jalik va maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejlari faoliyat ko‘rsatadi. 80 jamoat va bolalar kutubxonasi, 8 klub muassasasi, madaniyat uyi, “Xotira va qadrlash” madaniyat va istirohat bog‘i, muzey bor. “Turon” stadioni, tennis korti va boshqa sport inshootlari mavjud. 4 kasalxona, 21 ambulatoriy, 19 feldsher-akusherlik, 11 qishloq vrachlik punktlari, 15 xususiy dorixona va boshqa tibbiy muassasalari aholiga xizmat ko‘rsatadi. Tuman markazidan Uzun-Toshkent, Uzun-Termiz, Uzun-Denov va boshqa yo‘nalishlarda avtobuslar qatnaydi. 1952 yildan “Bobotog‘ tongi” tuman gazetasi chiqariladi.

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.T.,2002


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan