SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2020
YaDuSeChPaJuSh
  1234
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  
Perudjada shokoladlar festivali kuni
1993-10-17

Perudjada shokoladlar festivali kuni

17 oktyabr Perudjadagi shokoladlar festivali (Italiya)da Yevropadagi eng katta shokoladlar bayrami hisoblanadi. U har yili “Yevroshokolad” nomi bilan oktyabr oyida nishonlanadi. Ba'zida bir haftagacha davom etadi. Jahon bo’yicha shokoladlar kuni 11 iyulda nishonlanadi.  Italiyada ko’pgina shirinliklar, shokoladlar bo’yicha mutaxassislar yig’ilganligi sababli Perudjada ham katta bayram qilib nishonlanadi. Italiyaning ushbu shahari festival o’tkazishga tanlangani ham bejiz emas.   Perudja - Italiyadagi yirik shokolad ishlab chiqaruvchi  --«Perugina» kompaniyasining vatani. Taniqli «Baci» konfetlari  (tarjimada “bo’sa” ) shu shaharda ishlab chiqiladi. Festivalni tashkilotchisi Eudjenio Guarduchchi - kompaniya direktori sanaladi. Myunxendagi Oktoberfest festivalida o’smirlik davrida ishtirok etib, o’z shahrida ham shunday bir festival tashkil etish niyati tug’iladi.  1993 yildan boshlab o’tkazib kelinadigan bu shokolad festivali shunday tarzda yaralgan. Festival emblemasini tarixi esa 17 asrlarga borib taqaladi. Shunday tarzda u RIMni, so’ng esa Vatikan papalarini ham ko’nglini olish darajasiga yetadi. Hattoki ular o’z ro’zalarida ham uni iste'mol qilish darajasiga ko’tariladi. «Eurochocolate»  dasturi madaniy, kulinariya, xordiq chiqarish tadyuirlari bilan boyitib o’tkaziladi.  Bu kunda shokoladdan turli kulinariya mahsulotlari (poadkalar, shokolad pastalari, batonlar, konyak qo’shilgan issiq shokoladlar) tayyorlanadi.  Bunday shirinliklardan shaharga kelgan turistlar, ekspertlar, mehmonlar bahramand bo’lishadi.

Shokolad ishlab chiqarish bilan shug’ullanadigan biznesmenlar seminarlar, davra suhbatlari o’tkazishib, shokolad olamidagi yangiliklardan bir-birlarini boxabar qilishadi.  Ular shokolad yeyishda ham tavsiyalar ishlab chiqishadi. Shirinliklar, ayniqsa, shokolad -charchoq va stressni olishda yaxshi vosita hisoblanishi shokolad festivalini tashkilotchilari uchun ham asosiy omil va maqsad bo’lib qoladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan