SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161718192122
23242526272829
30      
O’zbek nasrining peshqadam arboblaridan biri Said Ahmad tavallud topgan kun
1920-06-10

O’zbek nasrining peshqadam arboblaridan biri Said Ahmad (Husanxo’jayev) 1920 yili 10 kuni Toshkentning Samarqand darvoza mahallasida dunyoga keldi. Said Ahmad (taxallusi; asl ism-sharifi Husanxo’jayev Said-ahmad) O’zbekiston xalq yozuvchisi (1980). O’zbekiston Qahramoni (1999). O.zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1968). Tasviriy san’at bilim yurtida, Toshkent pedagogika institutida  o’qigan (1940-1943). “Mushtum” jurnali (1938-1938; 1955-1957), O’zbekiston radioqo’mitasi (1941-1943)da, “Qizil O’zbekiston” gazetasi (1943-1947) va “Sharq yulduzi” (1948-1950; 1957-1959) jurnalida adabiy xodim. Adib hikoyalarida Oybekning psixologik tasvir mahorati, G’afur G’ulom yumori, Abdulla Qahhor bayonidagi ixchamlik mujassamdir. Said Ahmad kichik hajviy asarlari bilan o’zbek radio va televideniyesidagi minatyuralar teatriga asos solgan. Said Ahmadning barcha hikoyalari zamonaviy mavzuda yozilgan. U hikoyalarida tasvirlaydigan har bir voqeadan falsafiy umumlashma chiqarishga, voqealarni lirik ta’sirchanlik bilan ifodalashga, badiiy tasvirlarning xilma-xilligiga erishishga intiladi. “Cho’l burguti”, “O’rik domla”, “Lochin”, “Odam va bo’ri”, “Bo’ston”, “To’boshi” kabi qator asarlari Said Ahmad ijodida ham, o’zbek nasrida ham jangilik bo’lgan. Said Ahmad istiqlol yillarida ham hayotdagi o’zgarishlar haqida ko’plab maqola, badialar yozdi, quvnoq yumoristik, jo’shqin lirik hikoyalar yaratdi. Said Ahmadning “Yo’qotganlarim va topganlarim”, 3 jildlik “Saylanma”si, “Qorako’z majnun” va “Kiprikdagi tong” to’plamiga kirgan bir qator qissa va hikoyalari uning istiqlol yillarida zavq-shavq bilan ijod etganidan shahodat beradi. Adibning ko’pgina asarlari qardosh va xorijiy tillarga ag’darilgan. Adib o’zining quvnoq hikoyalari va salmoqli romanlari bilan o’zbek nasri rivojlanishiga katta hissa qo’shib kelayotgan yozuvchidir. “Kelinlar qo’zg’oloni”, “Kuyov” komediyalari hozirgi O’zbek milliy akademik teatrida, “Kelinlar qo’zg’oloni” dunyoning ko’plab mamlakatlarida sahnalashtirilgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1978). “Do’stlik” (1996), “Buyuk xizmatlari uchun” (1997) ordenlari bilan mukofotlangan. Nihoyat, “O’zbekiston Qahramoni” degan yuksak sharafli unvonga ham egadir. Said Ahmad 2007 yil 5 dekabr kuni vafot etdi.

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2004. O'zbek adiblari. Fan. 2007.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan