SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
2425262728  
O’zbekiston askiyachisi Hofiz Rasulqori tavallud topgan kun
1928-06-07

Rasulqori Hofiz Mamadaliyev (1928.7.6, O’sh viloyati, Suzoq qishlog’i – 1976.8.9, Buvayda tumani) – xonanda, sozanda (tanbur, dutor, skripka) va askiyachi. Jarangdor, tiniq va jozibali ovoz sohibi. Ehtirosli va shiddatli ijro uslubini yaratgan. Musiqadan ilk saboqlarini Kamoliddin Hamroqulov (keyinchalik hamnafasi), Usta Qurbonlardan olgan. Ko’zi tug’ma ojiz Rasulqori hofiz noyob iste’dod va kuchli egasi bo’lib, ko’pgina ashula va cholg’u yo’llarini grammplastinka yozuvlari orqali o’zlashtirgan. Keyinchalik J. Sultonov, M. Uzoqov kabi ustoz san’atkorlarning ijrochilik an’analarini o’rgangan. Repertuaridan maqom va mumtoz ashula yo’llari (“Bayot I-V”, “Dugoh Husayn I-VII”, “Segoh”, “Beboqcha”, “Bozurgoniy”, “Galdir” va boshqa), zamonaviy bastakorlar asarlari (“Oqibat”, “Topmadim”, O. Hotamov; “Kuygay”, “Judo”, Yu. Rajabiy; “Sallamno”, N. Hasanov; “18 yoshingdadur, M. Mirzayev; “Dilrabolardan biri”, J. Sultonov), katta ashulalar (“Aylading ketding”, “Oh kim”, “Izlarman” kabi), xalq yalla va ashulalari (“Ey do’st”, “Hay-hay”, “Oromijon”) o’rin olgan. Ijroda so’z talafuzining aniq va burroligi, soz va ovoz mutanosibligiga erishgan. Cholg’u va ashula yo’llarini, marsiyalar bastalagan (“G’azalxonlik”, “Mehmonsan”, “Dorman”).

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2004. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan