SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Yanvar 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
192122232425
262728293031 
Amerikalik me’mor Rayt Frank tavallud topgan kun
1896-06-08

Rayt Frank Lloyd (1869.8.6, Richlend – Senter shahri, Viskonsin shtati – 1959.9.4, Teylizin – Uest shahri Arizona shtatidagi) – amerikalik me’mor. Chikagodagi me’morlar J. Silisbi (1887) va L. Salliven (1888) ustaxonalarida ta’lim olgan. Qurilish materiallari va qurilmalarning manzara bilan uyg’unlashuvidagi shakllarning o’ziga xos mutanosibligini ko’rsatish Rayt ijodining asosini tashkil etdi. Qurilish ishlarida me’moriy talablardan, inshoot qurilish shartlari va maqsadlaridan ratsional va maksimal foydalanishni talab etdi. Dastlab kichik turar joylar me’morligi bilan shug’ullanib, keyinchalik bin ova inshootlar loyihasini yaratgan (Buffalodagi “Larkin” firmasi, 1905; Tokiodagi “Imperial” mehmonxonasi, 1916 – 1922; “Sharshara ustidagi uy”, Pensilvaniya shtati, 1936; Nyu – Yorkdagi Guggenxeym muzeyi, 1956 – 1959). Rayt loyihalarining Berlinda o’tkazilgan ko’rgazmasi (1910) Yevropa me’morligi rivojiga turtki bo’ldi. 30 – yillarda Rayt organik arxitektura asoschisi va yetakchi ustasiga aylandi. 20 – asr me’morligining shakllanishi va rivoj topishida Rayt ijodining ta’siri katta bo’ldi.

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2004. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan