SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
67891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 
Italiyada “Qora mushuklarni himoya qilish” kuni
2007-11-17

17- noyabr Italiyada “Qora mushuklarni himoya qilish” kuni. Ma'lumki ko'p xalqlarda qora mushuklar "baxtsizlik keltiradi" deb bilishadi. Har yili necha ming qora mushuklar yo'qoladi yoki odamlar tomonidan o'ldiriladi. Faqat Rim shahrining o'zidagina 15 000 dan ziyyod qora mushuklarning egalari o'z mushuklarini yo'qotib qo'yishar ekan. Kamdan kam hollarda ularni qabul qilish punktlari qabul qilib olar ekan. Italiya atrof muhitni himoya qilish assosiasiyasining faol a'zolari, “omadsiz” hayvonlar haqida statistik ma'lumotlar yig'ib, ularni qirib tashlash haqidagi muamolarni yechishga kirishdilar. Birinchi qadam bo'lib 2007-yilda “qora mushuklarni himoya qilish” haqidagi kun tasdiqlandi. Assosiasiyasining xabar berishicha, tashkilot nafaqat qora mushuklarni himoya qiladi, balki ularga mehribonlik qilib, yordam berganlarni ham taqdirlaydi. Lekin jahondagi ko'pgina davlatlarda ular umuman yordamga muhtoj emas ekanlar. Masalan, Buyuk Britaniyaning ba'zi bir tumanlarida qora mushuk egasi ayol bo'lsa u hech qachon hushtorsiz qolmas, Shotlandiyada qora mushuk uyga boylik olib kelar ekan. Moryaklar ham qora mushuklarni hafa qilishmas, ular uchun bu mushuklar suvda omad keltirar ekanlar.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan