SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2021
YaDuSeChPaJuSh
124567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
Xalqaro energiyani tejash kuni
2008-11-11

Bayramning asosiy maqsadi-resurslardan unumli foydalanish, energiya manbalarini qayta tuzishni rivojlantirishga e'tiborni qaratishdan iborat. 11-noyabr –energiyani tejash kuni deb e'lon qilingan. SPARE koordinatorlarining 2008 yil aprel oyida Qozog'istonda bo'lib o'tgan xalqaro kengashida bayramni tashkil qilish haqida qaror qabul qilindi. 2008 yilning 11-noyabrida birinchi marta energiyani tejash kuni dunyo bo'yicha nishonlandi. Bu bayram xalqaro miqyosda katta e'tiborga loyiq bo'ldiki, bu loyihaga qo'shilishni hohlovchi davlatlar soni 20 taga yetdi. Energiyani tejash kuni nishonlanadigan har bir davlatda juda ko'plab tadbirlar o'tkaziladi va bu tadbirlarning maqsadi odamlarga energiyani tejashning nima uchun kerakligini tushuntirish, tejashning eng oddiy oson usularini o'rgatishdan iborat. Dunyoning ko'plab shaharlarida bu kunda tematik konferensiyalar o'tkaziladi, ko'rgazmalar va aksiyalar bo'lib o'tadi, o'quv dargohlarida energiyani tejash mavzusida darslar o'tkaziladi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan