SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
Ispan shoiri Xuan Ramon Ximenes tavallud topgan kun
1881-12-23

Ispan shoiri Xuan Ramon Ximenes 1881 yil 23 dekabr kuni Andalusiyadagi Moger deb atalgan kichik shaharchada tavallud topkan. Xuanning otasi Viktor Ximenes bankda ishlar, onasi Purifikas'on Mantekon-i-Lopes Pareyro uning ikkinchi xotini edi. Kadisdagi ieuzitlar maktabini tomomlagach, bo'lajak shoir Sevil Universtitetida huquqshunoslikka o'qiy boshlaydi. Ammo Xuan amalda huquqdan ko'ra, musavvirlik va she'r o'qish hamda yozishga ko'proq qiziqardi. Madriddagi “Yangi hayot” jurnalida she'rlari ilk bor chop etilgan vaqtida Ximenes 17 yoshida edi. Bu she'rlar o'sha paytdagi bir qator taniqli ispanzabon shoirlar, shu jumladan, nikaragualik ijodkor Ruben Dario, Xuanning vatandoshi bo'lgan Fransisko Vil'speslar e'tiborigatushadi. Ular bir ovozdan Ximenesga Madridga ko'chib kelishning tavsiya etishadi. Ularning maslaxatlariga quloq tutgan yosh shoir huquqshunoslik borasida hafsalasizlik bilan boshlagan ishlarini tashlab, Madridga keladi va ikkita modrnizm yo'nalishidagi nufuzli jurnal-“Gelios” va “Tiklanish”ning tashkil etilishida faol ishtirok etadi. Ximenesning dastlabki she'riy kitoblari “Binafsha” hamda “Nilufar” edi. Boshqa jihatlari bilan birga bu to'plamga kirgan she'rlarga xos bo'lgan tabiat obrozlari shoirning butun ijodi uchun ham xarakterli bo'lib qoladi. 1902 yilda Madridga qaytgan xuan bu erda pishiq-puxta asarlar yaratgan. Ular “Rifmlar” (1902), “G'amgin oxanglar” (1903), “Olisdagi bog'lar” (1904) va “Pastorallar” (1905) to'plamlaridan joy oladi. Mazkur kitoblarga kirgan she'rlar modernizm she'riyatiga xos bo'lgan chorasizlik kayfiyati bilan ajralib turadi. Ammo, shu bilan birga, ularda o'ziga xos nafis, musiqiy va shoirona ovoz bor edi. 1905 yildan 1911 yilgacha Ximenes yana Mogerda yashaydi, bu paytda yozilgan she'rlar shoirning “Toza elegiyalar”, “Baxor balladalari”, “Tanxolik” to'plamlariga kiritilgan. Bu she'rlar jimjimadorligi va mukammal hajmlari bilan barokko uslubini yodga soladi. Ximenes 1912 yilda Madridga qaytib, shahardagi talablar qarorgohiga joylashdi va amerikalik Zenobiya Kamprubi bilan birgalikda robin Dronat Tagor she'rlarini tarjima qila boshlaydi. “Yoz mavsumi” (1915) to'plamiga kirgan ishqiy romantik kayfiyatidagi she'rlarni shoir aynan Kamprubiga bag'ishlangan. Keyingi yili Ximenes Nyu-Yorkka, Zenobiyaning vataniga ko'chib keladi va ular oila qurishadi. Okean bo'ylab sayohat Ximenes ijodida ulkan voqelik edi. “Yosh kuyovning kundaligi ” deb nomlangan navbatdagi to'plamga kiritilgan asarlarda ushbu sayoxat o'z ifodasini topgan. “Kundalik...” yana ispan adabiyotida ilk bor qo'llanilgan erkin she'r uslubidagi bilan ham ahamiyat kasb etardi. Garchi muhabbat mavzusi katta o'rin tutsa-da kitob umumiy hisobda dengiz mavsumi bilan to'yingan edi, dengizning doimiy mavjlanib, o'zgarib turishi, betinim harakati Ximenes xarakteridagi sabrsizlikning timsoli edi. Keyingi yigirma yillik davomida Ximenes adabiy jurnallarda tanqidchi va muharrir vazifalarida ishlar ekan, ijodida o'zining “adabiyotga bo'lgan ishtiyoqi”ni bayon etishga intildi. “abadiyat” kitobida ilgarigi she'rlarning uslubidan qochib, “yalang'och, toza she'riyat”ga intilganini ko'rish mumkin. Shoir navbatdagi- “Tosh va Osmon” (1919) hamda “Go'zallik” (1923) to'plamlarida go'zallik va o'lim, ijod va ruhning ozod etilishi kabi tuyg'ular o'rtasidagi aloqa haqida fikir yuritadi. O'sha yillaridagi estetik-axloqiy traktatlarida muallif insoning odob-axloqi va go'zalligi o'rtasida o'zaro bog'liqlik mavjud, degan g'oyani ilgari suradi. Ximenes qaryib o'n yil davomida “Yil davomida yangi olam qo'shiqlari” antologiyasi ustida ishlaydi. Amerikalik adabiyotshunos olim K.Kobb mazkur kitob haqida shunday yozadi: “Anatologiya atamasi shartli, “yil davomida” iborasi esa shoirnig hamma mavsumlarni boshidan oxirigacha, tug'ilishdan o'limgacha bo'lgan mavzumlarni bir-biriga bog'lashga bo'lgan intilishidir”. 1936 yilda Ispaniyada boshlagan Fuqorolar urushi Ximenesning ixodiy rejalarini tubdan o'zgartirib yubordi. Respublikachilar hukumati shoirni AQShga madaniyat bo'yicha faxriy attashe sifatida jo'natadi. Shoir bunga o'z istagi bilan borgan bo'lsa-da, Ispaniyadan uzoqda o'tkazgan damlarini o'z xohishiga ko'ra surgun sifatida qabul qiladi. Bu yillarda Ximenes ilk bor o'quv dargoxlarida- Kuba, Puerto-Rika va AQSh unverisitetlarida ma'ruzalar o'qiydi. 1939 yilda Franko Ispaniyada hokimiyatni to'liq qo'lga olgach, er-xotin Ximeneslar yurtidan olisda qolishni ma'qul ko'rishadi. Bu yillarda shoir ijodi juda gurkurab ketmaydi, ammo u shoirona samimiyatga intilishda davom etadi va 1949 yilda chiqqan “Qalb tubidagi yovvoyilik” deb nomlangan ruxiy vasiyatnomasida xuddi iloxiy kuchga ega bo'lgandek edi. Amerika tadqiqotchisi Govard Yang mazkur to'plami Ximenesning barcha shoirona g'oyalari tahlil qilib berilgan ma'naviy borlig'i deb atalgan. 1951 yilda yilda Ximenes Puerto-Rikaga ko'chib keladi va pedagogika Faoliyati bilan mashg'ul bo'ladi, shu bilan birga “Istalgan va istovchi Ollox” she'riy to'plamini tayyorlay boshlaydi. Bu “Yovvoyi”ning tadrijiy davomi edi. To'plam tugallanmay qolib ketgan. Ba'zi she'rlarni muallif “Uchinchi she'riy antologiya” to'plamiga kirgan. 1956 yilda, xotindan endigina judo bo'lgan Ximenes “ispan poeziyasidagi oliy ma'naviyat va badiy soflikning namunasi bo'lgan lirik she'riyati uchun” adabiyot soxasidagi Nobel mukofoti bilan taqdirlanadi. Yal'mar Gul'berg, shu davrda akademiya a'zosi, o'zining tabrik so'zida “Xuan Roman Ximenesning xizmatlarini munosi baxolash bilan birga Shvesiya akademiyasi bu bilan buyuk ispan adabiyotining butun bir davirga ham o'z e'tirofini bildirayotgani”ni ta'kiklaydi. Stokgol'mda Puerto-rika unversiteti rektori tomonidan o'qib berilgan javob ma'ruzasida Ximenes shunday so'zlarni yozgan edi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan