SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2021
YaDuSeChPaJuSh
 12356
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
Mustaqillik monumenti oldida Baxtiyor ona siymosi
2005-12-28

2005-yilning 28-dekabrida Mustaqillik monumenti oldida Baxtiyor ona siymosi ifoda etilgan muazzam haykal qad rostladi. Prezidentimizning taklifiga binoan ushbu majmuaga hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi – Mustaqillik va ezgulik monumenti, deb nom berildi.Maydonning ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan bu obida, undagi Yer kurrasi tasvirida alohida ajralib turgan O‘zbekiston xaritasini ko‘rgan yurtdoshlarimiz shuurida cheksiz g‘urur va iftixor tuyg‘ulari jo‘sh uradi. Farzandini bag‘riga olib turgan baxtiyor ona siymosida o‘z onasini, beg‘ubor bolaligini, barkamol avlodini ko‘rgandek bo‘ladi, deyiladi xabarda.Shu kunlarda Mustaqillik maydoni yanada ko‘rkam va fayzli qiyofaga kirgan. Yangi yil bayrami arafasida qad rostlagan ulkan archadagi turfa bezaklar va kamalakrang chiroqlar, maydonda barpo etilgan ertaklar shaharchasi barchaga zavq-shavq ulashmoqda. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan