SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212223242627
28      
Butunjahon kino kuni
1895-12-28

Kino 1895 yil 28 dekabirda Parijda (ixtirochilar aka-uka O. va L.Lyum'erlar) yuzaga kelgan. Uning yuzaga kelishi, o'z navbatda, insoniyatning badiy madaniyati tarixida obektiv qonuniyat bosqichi bo'ldi. Kinosida adabiyot, teatr, tasviriy san'at va musiqa tarjimalari, uning estetik jihatlari uyg'unlashtirib, o'ziga singdirilgan holda voqealik o'ziga xos ifoda vositalarida fotografiktasvir orqali ko'rsatiladi. Ommani ijtimoiy-siyosiy va madaniy jixatdan tarbiyalashda, kishilar ongi, fikr va qarashlari, estetik did va his-tuyg'ulari, umuman, ma'naviy dunyosining shakillanishida g'oyaviy-badiy ta'siri kuchlidir. Kino san'atining qaror topishida amerika kinorejissiyori D.Griffitning xizmatlari katta. Birinchi bo'lib, u yirik plan, parallel montaj, kengaytirilgan ponoroma kabi ifodali vositalarni qo'llagan. Shuningdek, S.Eyzenshteyn, Ch. Chaplin, E. Shtrogeym, K.Dreyer, K. Vindor, R. Kler kabilar ham jaon kinosi rivojiga munosib hissa qo'shdilar. 20-asrning 1-yarimida Kino san'atining janr tizimida ko'proq komediya xarakteridagi sarguzasht hamda qo'rqinchili filmlar o'rin oldi. 20-yillardan kinoda turli uslubiy izlanishlar bo'ldi. “ekspressionizm”, “poetik kino”, “maxfiy kino” harakati, “ochiq kino” va boshqalar. Keyinroq turli mavzular qatori kinohikoyalariga alohida e'tibor berildi. Ko'proq ma'lum bir tarixni hikoya qiluvchi filmlar ko'paydi. Urushdan keyingi yillar rivojlangan mamlakatlarning ilg'or kinematografchilari ishlagan filimlar, ayniqsa, italiya neorealizm ekran san'atining asosini tashkil eti. 50-yillarning oxirlari kino va televideniening o'zaro bir-biriga tasiri, bir necha saot davom etadigan filmlar ishlash kabi muhim o'zgarishlar yuz berdi. Osiyo, afrika, Lotin Amerikasi kabi ko'pkina mamlakatlarda yangi kinematogrofik maktablarning rivojlanishi kino mahsulotlarining xilma-xilligini ta'minladi. Ekran ijodida polifoniyaning turli shakillari qo'llanila boshladi. Rivojlangan mamlakatlarda eski janrlarinig o'ziga xos qayta uyg'onish davri boshlandi. Birinchi navbatda, melodrama hamda kinematogrofik bayonda an'anaviy shakllarning jonlanishi ko'zga tashlandi. Ayni vaqtda yangi televizion tizimi (kabelli telvedinie), er yo'ldoshi orqali uzatiladigan ko'rsatuvlar, videomagnitafon, videokasseta, videodisklarning keng tarqalishi natijasida rivojlanishi murakkablashdi. O'zbekistonda birinchi film 1897 yil. “Eski juva” maydonida ko'rsatilgan. 1908 yildan Toshkent, Samarqand, Qo'qon va boshqa shaharlarda chet el filmlari namoyish etilgan. O'rta Osiyoda ko'rsatilgan kinolentlar, asosan, Amerika, Fransiyaning Sharq ekazotikasi tasvirlangan filmlardan iborot bo'lgan. O'zbek milliy kino san'ati 20-asrning 20-yillarida vujudga keldi. Birinchi o'zbek kinooperatori Xudoybergan Davanov o'zining ilk hujjatli-xronikal filimlarda o'zbek xalqining hayotini, urf-odatlarini, xorazm manzaralarini aks ettirishga intilgan. 1924-yil rus-buxoro shirkati “buxkino”, 1925 yil Toshkentda “Sharq yulduzi” (1936 yildan “O'zbekfilm”) kinofabrikasining tashkil bo'lishi o'zbek rivojini boshlab berdi. Lekin milliy kadrlarining etishmasligi natijasida studiyani tashkil etishga urinish va “Buxkino” shirkati qoshida muntazam suratga olishni tashkillashtirish muvaffaqiyatsiz bo'ldi. Badiy kinoni jahonga tanitgan, o'zbek kinosining asoschisi Nabi G'aniev, halq artisti Komil Yormatovlar ijodi o'zbek kinosi tarixining yorqin sahifalari bo'lib qoldi. Shuningdek, Y. A'zamov, Sh. Abbasov, L. Fayziev, Z. Sobitov, R. Botirova A. Hamraev, A. Qobulov, Q. Kamolova, z. Musoqova, I. Ergashev, H. Fayziev kabi rejissyor va H. Fayziev, A. Pani M. Peson, D. Abdullaev singari operatorlarning milliy kinoning kamol topishda va olishda xizmatlari beqiyosdir.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan