SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
Albaniya Respublikasi kuni
1946-01-11

11 yanvar  - Albaniya Respublikasi kuni

Albaniya Respublikasi kuni—bu mamlakatda eng ahamiyatga ega  milliy bayramlardan biri hisoblanadi. 1946 yildan boshlab har yili 11 yanvar kuni nishonlanib keladi. Albaniya (Shgiperia) Albaniya Respublikasi – Bolqon yarim orolining g‘arbidagi davlat. Adriatika va Ioni dengizlari sohilida joylashgan. Ma’muriy jihatdan 36 retaga bo‘lingan. Poytaxti alohida ma’muriy birlik qilib ajratilgan. Maydoni 28,7 ming km2. Aholisi 3,5 mln. kishiga yaqin (1999). Poytaxti Tirana shahri.

Davlat tuzumi Albaniya – parlamentli respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1998 yil qabul qilingan. Davlat hokimiyatining oliy organi – bir palatali xalq majlisi (155 deputat), uni barcha fuqarolar 4 yil muddatga saylaydi. Davlat boshlig‘i – prezident. Albaniya Oliy ijroiya organi – hukumat boshlig‘i boshchiligidagi Vazirlar Kengashi (hukumat). Davlat hokimiyatining mahalliy organlari – tegishli xalq kengashlari.

Aholisi Asosiy aholisi –albanlar (salkam 98 %). Greklar, valaxlar va boshqalar ham yashaydi. Rasmiy tili – alban tili. Aholining o‘rtacha zichligi – 1 km2 ga 87 kishi. Aholining 35% shaharlarda istiqomat qiladi. Eng yirik shaharlari -  Tirana, Durres, Shkoder, Vlyora, Elbasan.

Tabiati Adriatika dengizining sohili asosan pasttekislik, janubiy tog‘lardan iborat.Albaniya hududining salkam 70%ni balandligi 2692 metrgacha bo‘lgan Shimoliy Alban Alplari va Janubiy Alplar egallaydi.Ular o‘rtasidagi markaziy voha daryo vodiylariga bo‘linadi. Sohili past-baland dengiz bo‘yi tekisligidan iborat. Xiromit, neft, bitum, temir-nikel va mis ruda konlari bor. Iqlimi- O‘rta dengizga xos. Subtropik; iyulning o‘rtacha temperaturasi 240 , 250, yanvarniki 80, 90.  Yiliga100 mm yog‘in yog‘adi soy va daryolari tog‘li,  ularda kema qatnamaydi. Eng katta daryolari – Drin, Semani, Shkumbini, Skadar, Oxrid, Prespa ko‘llarining bir qismi Albaniya hududida joylashgan. Tekislikda jigarrang, tog‘larda qo‘ng‘ir tog‘-o‘rmon tuproqlari. Yer maydoning 38% dan ko‘prog‘i o‘rmon bilan qoplangan (dub, buk, kashtan va boshqa xil daraxtlar). Sohilda O‘rta dengizga xos o‘simliklar doimo ko‘karib turadi. Albaniyada 4 milliy bog‘ bor.

Tarixi Albaniyaning eng qadimgi aholisi pelasglar (yangi tosh davri), illiriylar (miloddan avvalgi 2-mingyillikdan boshlab) bo‘lgan. Miloddan avvalgi 2-asrda hozirgi Albaniya hududini Rim bosib olgan. 395 yildan 1347 yilgacha u Vizantiya tarkibiga kirgan, keyinchalik uning ayrim qismlari bolgar va serb zamindorlari qo‘l ostida bo‘lgan. 1389 yildan Albaniyani Usmonlilar imperiyasi zabt eta boshladi. 15-asr o‘rtalarida Skanderbeg boshchiligida boshlangan umumxalq qo‘zg‘oloni natijasida deyarli butun Albaniya ozod qilindi, biroq 1479 yilda uni yana turklar bosib oldi. 1912 yil bahorida Usmonlilar hukmronligini bartaraf etish uchun xalq qo‘zg‘oloni boshlandi. O‘sha yili 28 noyabr kuni Vlyorada aholi turli tabaqa vakillarining qurultoyi Albaniyani mustaqil davlat deb e’lon qildi. Muvvaqqat hukumatga I.Kamolbey boshchilik qildi. Aslida esa Albaniya boshqa davlatlarga qaram bo‘lib qoldi. 1924 yil iyunidagi xalq qo‘zg‘oloni Ahmad Zogu to‘dasini ag‘darib tashladi. Ammo 1924 yil dekabrda u ajnabiy imperalistlar yordamida yana hokimiyatni egallab, o‘zini avvaliga respublika prezidenti, 1928 yil esa qirol deb e’lon qildi. Uning davrida Albaniya amalda Italiya mustamlakasiga aylandi. 1939 yilda fashistlar Italiyasi, 1943-44 yillarda esa nemis fashistlari Albaniyani bosib oldi. Albaniya 1944 yil 28 noyabrda fashist bosqinchilaridan ozod etildi. 1946 yil 11 yanvarda xalq respublikasi deb e’lon qilindi. 1976 yil 28 dekbrdan 1991 yil maygacha – Albaniya Xalq Sotsialistik Respublikasi deb atalib keldi. 1991 yil maydan Albaniya Respublikasi. 1955 yildan – BMT a’zosi. Albaniya va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1993 yilda o‘rnatilgan.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan