SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212223242627
28      
O‘zbek Milliy akademik drama teatrining 100 yilligi nishonlandi
2014-01-22

2014-yil 22-yanvarda O‘zbek Milliy akademik drama teatrining 100 yilligi nishonlandi. O‘sib kelayotgan yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, ularni buyuk ajdodlarimizning munosib davomchilari etib tarbiyalashda teatr san’atining o‘rni beqiyos. Ayni kunlarda nishonlanayotgan O‘zbek Milliy akademik drama teatrining bir asrlik to‘yi tantanalari san’atsevar xalqimizga xursandchilik kayfiyatini ulashmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2014-yil 22-yanvarda qabul qilingan “O‘zbek Milliy akademik drama teatrining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori nafaqat Milliy teatr, balki butun o‘zbek teatr san’atida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

                Mazkur san’at dargohida yubiley arafasida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bir asrlik tarixga ega bu maskan o‘zining mustahkam ijodiy maktabi an’analari, ustoz va shogirdlikning namunali jihatlari bilan ham barcha teatrlarga o‘rnak. San’atimiz fidoyilari To‘ti Yusupova, Rixsi Ibrohimova, Yayra Abdullayeva ayni vaqtda ham yosh ijrochilarga sahna sirlarini o‘rgatib kelishmoqda.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan