SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
“Alifbo” kitobi dunyo yuzini ko'rdi
1859-11-13

19-asrning o'rtalarida Rossiya shaharlarida maktablar juda kam edi, qishloqlarida esa deyarli hamma savodsiz edi. 1859 yilda L.N Tolstoy o'ziga tegishli bo'lgan yasnaya polyanada dehqon bolalar uchun maktab ochdi. U maktab tekin ekanligini va maktabda hech qanday jismoniy jazolashlar bo'lmasligini e'lon qildi. Avvaliga dehqonlar o'qishni tekin ekanligiga ishonmay elka qisib qo'ya qolishdi, lekin keyinchalik bularning hammasi rostligi, bu maktab boshqa sayoz bilim yurtlariga o'xshamasligi ma'lum bo'ldi. Tolstoy maktabida bolalar o'qishni, yozishni, snashni o'rganishardi, bundan tashqari rus tarixi, tabiat, rasm va musiqadan ham mashg'ulotlar o'tkazilardi. Lekin eng asosiysi bolalar maktabda o'zlarini erkin va quvnoq tutishardi. Sinfda o'quvchilarni xoxlagan joylariga o'tirishga ruxsat berilardi. Xoxlasa stolga, xoxlasa deraza rafiga, polga o'tirishlari mumkin edi. Har kim o'qituvchidan nimani istasa shuni so'rar, qo'shnisi bilan suhbatlashar, uni daftariga qarashi mumkin edi. Darslar umumiy suhbatga , ba'zida o'yinga ham aylanib ketar edi. Uygu vazifa berilmas edi. Tolstoy bilardiki, qorong'i kulbalarda o'quvchilar vazifani bajara olishmasdi. Bundan tashqari qishloq bolalari xo'jalik ishlarida ota-onalariga yordam berishardi. Tanaffusda va darsdan so'ng Tolstoy bolalarga biron qiziqroq voqea aytib berar, gimnastika mashg'ulotlarini ko'rsatar, ular bilan kurashga tushar, quvlashmachoq o'ynar, qishda chang'i uchardi, yozda esa daryoga yoki o'rmonga olib borardi. O'sha vaqtlarda bolalar bolalr uchun kitoblar juda oz edi, va tolstoy butun dunyoga taniqli bo'lgan “Alifbo” kitobini yozdi. 13 noyabr 1872 yilda uning birinchi nashri dunyoga keldi. Tolstoy “Alifbo” kitobida eng yaxshi ertaklar , masallar, maqollar, tez aytishlardan foydalangan. Uch yildan keyin uning “Yangi Alifbe” deb nomlangan ikkinchi kitobi nashrdan chiqdi. L.N. Tolstoy tomonidan bolalar uchun jami 629 ta har xil janrdagi asarlar yozilgan. Bular hikoyalar, ertaklar, ocherklar, masalar va boshqalardan iborat.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan