SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Xalqaro savodxonlik kuni
1966-09-08

Xalqaro savodxonlik kuni

 Xalqaro savodxonlik kuni (International Literacy Day) - Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida nishonlanuvchi xalqlar aro kunlardan biridir. Ushbu kun YUNESKO tomonidan 1966 yil “Savodsizlikka barham berish ta'lim vazirlari xalqaro konferensiyasi”da joriy etilgan bo’lib, yig’ilish 1965 yil Tegeranda bo’lib o’tgan. 8 sentyabr kuni esa konferensiyaning tantanali ochilish marosimi bo’lgan. Ushbu kunning asosiy maqsadi - savodxonlikni jamiyatda keng faollashtirish bo’lib, YUNESKO faoliyatining asosiy vazifalaridandir. Savodxonlik - insoniyat uchun ҳaqiqiy bayramdir, zero, dunyo bo’ylab savodxonlar soni 4 milliardgacha yetganligi bizni quvontirishi turgan hol. Biroq savodxonlik bolalar, yoshlar hamda balog’at yoshidagilar orasida kutilarli naijalarga yetmagan. Ko’pgina davlatlarda erishilgan yutuqlarga qaramay, 860 milliondan ziyod voyaga yetgan savodsiz, 100 milliondan ko’p bolalarning maktabga bormasligini hisobga olgan holda savodsizlik insoniyat uchun achinarli holdir. Sifatli bilim olish imkoniyati chegaralangan qiz va bolalar uchun maxsus o’quv dasturlari ishlab chiqilgan. Har yili savodxonlik kuni ma'lum mavzuga bag’ishlanadi. Shular qatorida: “Ayollar uchun savodxonlikning o’rni”, “Savodxonlik shaxsiy imkoniyatlarni kenggaytiradi”, “Savodxonlik va sog’lik”, “Savodxonlik turg’un rivojlanishni ta'minlaydi” va boshqa mavzularni ko’rish mumkin.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan