SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161718192122
23242526272829
30      
Fransuz rassomi Kurbe Jan Dezire Gyustav tavallud topgan kun
1819-06-10

Kurbe (Courbet) Jan Dezire Gyustav (1819.10.6, Ornan, Fransh-Konti- 1877.31.12, Turde- Peylts, Shveytsariya) – fransuz rassomi, jamoat arbobi. 1837 yildan rassomchilik maktabiga qatnab o’qigan, 1839 yildan xususiy atelyelar (jumladan, Kurbe Shtyoben atelyesi)ga qatnagan, naturadan asarlar yaratgan, lekin rassom sifatida mustaqil shakllangan. Kurbe ispan va golland rang-tasviridan (ayniqsa, Rembrandt, F. Xals ijodidan) ta’sirlangan. Kurbe realistik san’t taraqqiyotiga katta ta’sir qilgan; asarlarida ijtimoiy hayotda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni, o’zi bilgan, uni o’rab turgan voqealarni tasvirladi: “Tosh maydalovchilar” (1849), “Ornanda dafn marosimi” (1849), “Cho’milayotgan ayollar” (1853), “Uchrashuv” (1854), “Qishloqlik nozik oyimlar” (1851), “Qishki manzara” (1867), “Tog’dagi kulba” (1874). Kurbe shuningdek, barelef va haykallar ham yaratgan.

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2003.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan