SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Aalsmeyer (Gollandiya) shahrida gullar namoyish etiladigan kun
0000-09-06

Aalsmeyer (Gollandiya) shahrida gullar namoyish etiladigan kun

 Gollandiyaning Aalsmeyer shahrida har yili gullar namoyishi (Aalsmeer Flower Parade) bo’lib o’tadigan ushbu bayram butun dunyo bo’yicha unutilmas turli gullar (xrizantema, liliya, freziya, atirgul va lola) namoyishi bo’lib o’tadigan bayram hisoblanadi. Namoyish Aalsmeyer shahrida 6 sentyabr soat ertalabki 8:30 boshlanadi. Namoyishga yuzlab insonlar tashrif  buyuradilar. Gullar namoyishi-gullardan yasalgan juda katta-katta to’plamlar Aalsmeyer shahridan boshlab Amsterdam markaziga qadar tantanali ravishda yuradi. Namoyish vaqtida turli kiyimlar kiygan guruhlar jazz yo’nalishidagi musiqa jo’rligida raqslar namoyish etib turadilar. Milliondan ortiq gullardan gullar dengizi yaratiladi, unda gullardan yasalgan 20 dan ortiq qo’zg’aluvchi kemalar 30 dan ortiq mashinalar yasaladi. Bir so’z bilan aytganda mo’jiza yaratadilar. Hech bo’lmaganda bir marotaba ushbu namoyishda bir marotaba bo’lganingizda edi gullarning qanday maftunkor ekanligini ko’rar edingiz juda ham ko’p turli gullardan beparvo o’tib keta olmas edingiz. Aqlga sig’mas daraja go’zallik jamlangan. Ushbu mamlakat gullar qirolichasi etib lola gulini tan olgan. Avvaldan Gollandiya shahri gullar bilan shug’ullanib kelmoqda va aynan lola guli Gollandiyaning ramzi hisoblanadi. Ushbu namoyishga Aalsmeyerning 20 madan jamiyatlaridan yuzlab ko’ngillilar yordam beradilar.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan