SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202123
24252627282930
Kinorejissyor Eldar Ryazanov Aleksandrovich tavallud topgan kun
1927-11-18

Eldar Ryazanov 1927 yil 18 noyabrda Samarada Tegerandagi savdo vakolatxonasi ishchilari Aleksandr Semyonovich Ryazanov va Sofya Mixaylovna Ryazanovalar oilasida dunyoga kelgan. Tez orada Ryazanovlar oilasi Moskvaga ko'chib keladi, dadasi vino ishlab chiqarish bosh boshqarmasida boshliq bo'lib ishlay boshlaydi, keyin esa repressiyaga uchraydi. 1930 yillarda oila ajralib ketadi va bo'lg'usi kinorejissyorni onasi tarbiya qiladi. E.Ryazanov yoshligidan juda ko'p kitoblar o'qir va yozuvchi bo'lishni, sayohat qilishni orzu qilar edi. O'ninchi sinfni tugatgach, u Odessa dengizchilar bilim yurtiga ariza–xat jo'natadi. Lekin urush borayotgan edi, shuning uchun javob olishga erisha olmadi. 1950 yilda VGIKning rejissyorlik fakultetini tugatdi. Rejissyorlik fakultetini tugatib hujjatli filmlar Markaziy studiyasida ishlagan va hujjatli va tasviriy filmlar suratga olgan: “Sening kitobchang”, “Krasnodardan olis emas”, “Kuban neftchilari”, “Saxalin oroli” shular jumlasidan. Keyinchalik Ryazanov o'zining ijodini zamonaviy komediyaga bag'ishladi. Uning bu janrdagi birinchi ishi-“Karnaval kechasi” (1956 yil)-yorqin, bayramona musiqali film bo'lib, bu filmda badiiy-havaskorlik tashkilotlari boshqaruvidagi shafqatsizlik hajviya qilinadi. Bu filmida ham boshqa ko'pgina filmlaridagi kabi taniqli aktyorlar ishtirok etishadi ( Ogurtsov rolini I.Ilinskiy, Lena rolini esa L. Gurchenko o'ynagan). Ryazanov “Shikoyatlar daftarini bering” (1965 yil) nomli komediyasi o'z burchiga samimiy sadoqat bilan qarash, ishiga mas'uliyat bilan yondashish mavzusida bo'lib, bularga ikkiyuzlamachilik va o'zboshimchalik qarama-qarshi qilib qo'yilgan. Ryazanovning eng zo'r kartinalaridan biri-“Avtomobildan saqlaning” (1966). Eng ko'p tomoshabinlar auditoriyasiga ega bo'lgan ishlari: “Omad zigzagi” (1968), “Qaroqchi chollar” (1972), “Rossiyadagi italyanlarning g'aroyib sarguzashtlari” (1973), “Taqdir hazili yoki qushday yengil bo'ling!” (1975), “Ishdagi ishq” (1977), “Ikki kishi uchun vokzal” (1982). 1980-1990 yillarda ham Ryazanov oldingiday g'ayrat bilan ishladi: “Shafqatsiz romans”, “Fleyta uchun unutilgan musiqa”(1987), “Azizim Yelena Sergeevna” (1988), “Orzu qilingan osmon” (1991), “Bashorat” (1993), “Salom axmoqlar” (1997), “Qari qirchang'i”, “Tinch o'pqon” (ikkalasi 2000 yil), “Yotoqxona kaliti” (2003), “Andersen. Sevgisiz hayot” (2006), “Karnaval kechasi 2”. U ko'pgina filmlarini ssenariylarini o'zi yozgan. Uning quyidagi kitoblari chop etilgan: “Komediyaning g'amgin yuzi” (1977), “Omad zigzagi” (1969), “Bu jiddiy va jiddiy bo'lmagan filmlar” (1977), “Kutubxonadagi qotillik”), “Vladimir Visotskiy bilan besh kecha”, “TV Eldar, yoki Mening portretlar galareyam”, Nostalgiya” nomli she'rlar to'plami va boshqalar. 1979-1985 yillarda Ryazanov “Kinopanorama” ko'rsatuvining boshlovchisi sifatida faoliyat ko'rsatdi. Bundan tashqari, u 200 dan ortiq teleprogrammalar yaratdi. Uning “Sakkiz qiz va men”, “Oppoqoy va etti gnom”, “ Toza havoda suhbat”, “Eldar Ryazanovning parij sirlari (ORT)” 1987 yilda KVN Oliy ligasining final o'yinlarida hakamlar hay'ati a'zosi, 1991 yilda “Pole Chudes” kapital-shou tele-o'yinida Vladislav Listev bilan birgalikda qatnashgan. 2002 yilda E.A.Ryazanov “Nika” Rossiya kinomatografiya san'ati akademiyasining prezidenti etib saylandi. 23 yanvar 2005 yilda E.Ryazanovning kinoklubi ochildi. Kinoklub uchta zaldan iborat bo'lib, eng kattasi 500 o'ringa mo'ljallangan. Kinoklubda kinolar, spektakllar beriladi, ijodiy uchrashuvlar, konsertlar o'tkaziladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan