SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
May 2019
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
192021222324
262728293031 
Radiotexnikaning vujudga kelishi uchun poydevor qo’ygan shaxs Maksvell Jeyms Klerk tavallud topgan kun
1831-06-13

Maksvell Jeyms Klerk  (1831.13.6, Edinburg – 1879.5.11, Kembrij) – ingliz fizigi, klassik elektrodinamika, statistik fizika asoschilaridan biri, gazlar kinetik nazariyasini yaratganlardan biri, radiotexnikaning vujudga kelishi uchun poydevor qo’ygan shaxs. London Qirollik jamiyatining a’zosi (1860). Edinburg (1847-1850) va Kembrij (1850-1854) universitetlarida o’qigan. Aberdin (Shotlandiya, 1856-1860), London (1860-1865), Kembrij (1871 yildan) universitetlari professori. 1871 yildan Kembrij universiteti qoshida o’zi tashkil etgan Kavendish labaratoriyasi direktori. Ilmiy ishlari molekulyar fizika, optika, mexanika, elastiklik nazariyasi va boshqalarga oid. Gazlar kinetik nazariyasini rivojlantirgan holda statistik muvozanat holatidagi gaz molekulalarining tezliklar bo’yicha taqsimlanish qonunini topgan (1859). Faradey g’oyasini rivojlantirgan holda makroskopik elektrodinamikaning ma’lum omillarini umumlashtirib elektromagnit maydon nazariyasini yaratgan (1855-1873). Bu nazariya asosida Maksvell tenglamalari deb ataluvchi to’rtta differentsial tenglama yotadi. Tenglamalarni tahlil etib, Maksvell yorug’lik elektromagnit to’lqinlardan iborat ekanligi haqidagi muhim xulosalarga keldi. Maksvellning elektromagnetizm nazariyasi hozirgi zamon fizikasining klassik asosi hisoblanadi.

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2003.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan