SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
121314151618
19202122232425
2627282930  
Fransuz fizigi Kulon Sharl tavallud topgan kun
1736-06-14

Kulon Sharl Ogyusten (1736.14.6, Angulem – 1806.23.8, Parij) – fransuz fizigi va harbiy muhandisi. Fransiya Akademiyasi a’zosi (1781 yildan). Elektrostatistika asoschilaridan biri. Ilmiy ishlari elektr, magnitizm va texnik mexanikaga oid. O’zi topgan buralish qonunlariga asosan kuch ulchash asbobi-buralma tarozini yasagan (1784). Bu tarozidan foydalanib, Kulon bir ishorali va har xil ishorali nuqtaviy elektr zaryadlarning o’zaro ta’sirini batafsil tekshirgan. Bu tajribalari asosida elektrostatikaning asosiy qonuni-Kulon qonunini kashf etgan (1785). O’zining 1785-89 yillarda e’lon qilgan ishlarida elektron zaryadlar hamisha o’tgazgich sirtida joylashishini ko’rsatgan. Magnit moment, zaryadlarning qutblanishi va boshqa iboralarni fanga kiritgan.

 Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2003. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan