SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
171819202122
23242526272829
30      
Aktyor, xonanda va xalq hofizi Do'stmurodov Beknazar tavallud topgan kun
1957-06-15

(1957.15.6, Yakkabog’ tumani) – O’zbekiston xalq hofizi (2001). Toshkent davlat teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1980). Muqimiy teatrida aktyor va xonanda (G. Xugayev va X. Pliyevlarning “Xotinimning eri” spektaklida Po’lat obrazi va boshqa), “Maqom” ansamblida xonanda (1988 yildan). Mumtoz ashula, katta ashula va maqom yo’llarini O. Hotamov, F. Mamadaliyev, O. Otaxonov, A. Ismoilovlardan o’zlashtirgan. Repertuaridan Shashmaqom va Farg’ona-Toshkent maqom yo’llari (“Saraxbori Navo”, “Saraxbori Segoh”, “Chorgoh” “Ushshoq” va boshqa), mumtoz va zamonaviy bastakorlar ashulalari (“Firoqbngizda”, “Guluzorim”, “Sensiz”, “Vatan yagonadir” va boshqa), katta ashulalar (“Yovvoyi Chorgoh”, “Diyorim O’zbekiston”, “O’zbekiston madhi”, “Muborak to’yga keldik” va boshqalar o’rin olgan. M. Dadaboyeva, M. Hasanova bilan hamnafaslikda O. Hotamov bastalagan “Ko’zing ne balo qaro bo’libdur”)

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2002.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan