SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181920
22232425262728
2930     
Amerikalik yozuvchi Kent Rokuell tavallud topagan kun
1882-06-21

Kent Rokuell (1882.21.6, Tarrituan, Nyu-York – 1971.13.3. Plateberg) amerikalik yozuvchi ,rassom va jamoat arbobi. Yozuvchilik faoliyati 1920 yildan boshlangan. “Yovvoyi o’lka” kitobi Alyaska sayohati kundaliklari asosida yuzaga kelgan. Olovli Yer o’lkasiga safari natijasida “Sayohat” (1924) kitobini yaratgan. “Yo’nalish № dy E” (1930), “Salamina” (1935) qissalarida Grenlandiya aholisining urf-odatlari va tabiati aks ettirilgan. Ularda eskimoslarning ma’naviy dunyosi va mashaqqatli hayot tarzi o’ziga xos quvnoq mutoyiba vositasida tasvirlangan. “Mening nuqtai nazarim” (1940), “Janoblar, bu men!” (1955) asarlari o’z tarjimai holiga asoslangan. Kent realist rassom sifatida Amerika san’atining eng yaxshi an’analarini davom ettirgan, o’z kitoblariga ko’plab suratlar ishlagan. Kentning “Dengiz zahmatkashlari” (1907), “Men shtatidagi burun qish og’ushida” (1906), “Bahor iztiroblari” (1908), “Qizim Klara” (1915), “Rassom Grenlandiyada” (1929) kabi polotnolari mashhur.

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2002.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan