Konstantinov
Boris Pavlovich [1910.23.6, Peterburg- 1969.9.7, Leningrad]
– rus fizigi, akademik (1960). Asosiy ilmiy ishlari akustika, fizik-kimyo, yadro fizikasi, plazmalar fizikasi,
astrofizika, golografiyaga oid. Birinchi bo’lib tovush mutlaq silliq va qattiq
sirtdan qaytganda uning yutilishini aniqlagan, berk binolarda tovush
reverberatsiyasining to’lqin nazariyasini yaratgan; u eritmalarda ionlarning
harakatchanligini tekshirib, kimyoviy elementlarning miqdorini va uni sifat
jihatdan tahlil qilish usulini ishlab chiqqan; turg’un izotoplarning
fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq qilgan; plazmaning korpuskulyar
diagnostikasini tavsiya etgan, plazmaning optik va mikroto’lqin diagnostikasi
usulini rivojlantirgan. Konstantinov rahbarligida fotografiya, televizion va
fototelevizion golografik sistemalarning parametrlari aniqlandi.
Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2002.