SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2022
YaDuSeChPaJuSh
     12
356789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Ingiliz iqtisodchisi Mid Jeyms Eduard tavallud topgan kun
1907-06-23

Mid Jeyms Eduard (1907.23.6, Suonije, Dorset grafligi, Buyuk Brataniya – 1995.22.12) – ingliz iqtisodchisi. 1937 yilda Millatlar Ligasi kotibiyatida “Jahon iqtisodiy sharhi” nashri muharriri. 1940 yilda Angliyaga qaytib kelib, J. M. Keyns guruhida Xalqaro valyuta fondini tashkil etish orqali xalqaro moliyaviy va savdo tizimini qayta qurish muammolari bilan shug’ullandi. Buyuk Britaniya Vazirlar Mahkamasi Kotibiyatining iqtisodiy bo’limi direktori (1940-1945), London iqtisodiy maktabi professori (1947-1957), Kevbrij universiteti siyosiy iqtisod professori (1957-1969). Asosiy asarlari: “Iqtisodiy siyosat nazariyasi I. To’lov balansi” (1951), “Xalqaro savdo geometriyasi” (1952), “Iqtisodiy siyosiy nazariyasi II. Savdo va farovonlik” (1955), “Bojxona ittifoqlari nazariyasi” (1955), “Iqtisodiy o’sishning neoklassik nazariyasi” (1961), shuningdek, siyosiy iqtisod tamoyillari tadqiq etilgan. “O’sayotgan iqtisodiyot” (1970), “Barqaror iqtisodiyot” (1971), “Adolatli iqtisodiyot” (1975), “Talabni boshqarish” (1983). Mid xalqaro savdo nazariyasini yaratdi, ichki iqtisodiyot va tashqi savdo operatsiyalari o’rtasidagi muvozanat shartlarini, iqtisodiy siyosatning samarali vositalarini tahlil etdi. Xalqaro savdoning raqobatbardosh ichki bozorlarga ega bo’lmagan mamlakatlar aholisining turmush darajasiga ta’siriga asoslab berdi, ichki iqtisodiy siyosat va daromadlarning taqsimlanishi, kapital jamg’arish muammolarini tadqiq qildi. Nobel mukofoti laureati (1977, B. Olin bilan birgalikda).

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2003. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan