
(1668.23.6-Neapol-1744.23.1)-Italiyalik
faylasuf. 1698 yildan Neapol universitetida professor.
Xalqlar tarixi psixologiyasi, falsafasi asoschisi.
Platon va F. Bekonga alohida ihlos
bilan qaragan. Dekard bilan bahs-munozaraga kirishib, shaxs zakovatiga
umuminsoniy aqlni qarama-qarshi qo’ygan. Tarixiy jarayon ob'yektiv tarzda
kechishi g’oyasini ilgari surgan. Biz faqat qilayotgan ishlarimiznigina
bilishimiz mumkin, degan fikrdan kelib chiqib, tarix fanini insoniyatning o’z
xatti-harakatlari to’g’risidagi bilimi deb hisoblagan.Viko barcha millatlarning
aylanma yo’sinida taraqqiy etishi nazariyasini ishlab chiqqan.Har bir xalq o’z
taraqqiyotida uch davr-xudolar, qahramonlar va insoniyat davrini boshidan
kechiradi; bu bamisoli inson hayotining
bolalalik, o’spirinlik va yetuklik davrlariga o’xshaydi. Har bir davr
jamiyatning yalpi tanazzuli va parchalanib ketishi bilan tugaydi. Davrlar
ijtimoiy to’ntarishlar natijasida almashinadi. Asosiy asari: “Millatlarning
umumiy tabiati haqidagi yangi fanning asoslari” (1725).
Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2001.