Xalqaro axborot kuni
1994-11-26

Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiy va sotsial sovetida va butunjahon axborot parlamentida bosh konsultativ statusga ega bo'lgan xalqaro akademiyaning tashabbusi bilan har yili 1994 yil 26 noyabrdan boshlab "Xalqaro axborot kuni" nishonlanib kelmoqda. 1992 yil 26 noyabrda birinchi marotaba xalqaro axborot forumi bo'lib o'tdi. Bugungi kunga kelib, bu bayramni dunyoning ko'pgina davlatlari nishonlaydi. Axborot – bu keng ma'noda bir insonning ikkinchi bir insonga og'zaki, yozma yoki boshqa bir yo'l bilan beradigan ma'lumoti. Fan va texnikadagi tushuncha. Bu tushuncha faqat odamlar orasidagi axborotni emas, balki odamlar bilan avtomat, o'rtasidagi axborotni, hayvonlar va o'simliklar o'rtasidagi signallar almashinuvini ham o'z ichiga oladi. Ijtimoiy-siyosiy informasiya–ichki va xalqaro hayotdagi dolzarb yangiliklar, jamiyat hayotidagi ommaga taaluqli faktlar, hodisalar, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy madaniy jarayonlar va boshqalar haqida tarqaladigan xabarlar majmuasi. Internet-tarmoq katta (global) va kichik (global) kompyuter tarmoqlarini o'zaro bog'lovchi butun jahon kompyuter tizimi. Unda geografik o'rni, makondan qat'i nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar o'zaro hamkorlikda global informasiya infratuzilmasini tashkil etadi. Axborot-butun jahonda katta bir qimmatbaho narsaga aylanib qolyapti. “Kim axborotga ko'proq ega bo'lsa u dunyoga ega bo'ladi” degan ibora bor. Uning soni kundan-kunga oshib ketyapti. Ilgarigi paytlarda “raqamli kelajak” hech kimning hayoliga kelmagan. (qo'l telefoni, internet, planshet). Keyingi paytlarda psixologlarning aytishicha informasion texnologiyalardan to'g'ri foydalana bilmaslik “informatsion stress”ga olib kelar ekan. Bu esa sog'liqqa zarardir.