SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161718192122
23242526272829
30      
O’zbekiston xalq ustasi Abdug’ani Abdullayev tavallud topgan kun
1953-06-25

Abdullayev Abdug’ani (1953.25.6, Farg’ona viloyati) - yog’och o’ymakori. O’zbekiston Respublikasi xalq ustasi (1999). Usta Q. Haydarovning shogirdi. Ustozi bilan birgalikda Toshkentdagi «Farg’ona» choyxonasi, Xalqlar Do’stligi saroyi, «Zarafshon» restoranidagi o’ymakori naqshli panjara, darvoza, eshik, namoyonlarni ishlagan. 1983 yildan mustaqil ishlaydi. Ilk bor Olim Xo’jayev nomidagi teatr (Guliston shahri) binosi uchun 20 dan ortiq o’ymakori eshik, darvoza, panjaralarni tayyorladi. Bir qator jamoat binolari, choyxonalar (Farg’ona, Isfara shahri), «Muborak» restorani (Toshkent), Qarshi teatri va boshqa binolari uchun nozik islimiy o’yma naqshlar bilan bezatilgan ustun, eshik, darvoza, panjaralar yaratdi; Imom al-Buxoriy majmuasidagi yog’och o’ymakorligi ishlariga rahbarlik qilib, shogirdlari bilan birga sharafalar, hovuzaklar tayyorladi, ayvonlar shiftini vassajuft yopish, o’ymakori ustunlari yaratishda yuksak mahorati namoyon bo’ldi (1998), Toshkentdagi «Xotira maydoni» (1999 dagi ayvonlarning o’yma naqshli ustunlarini milliy me'morlik an'analari asosida yuksak mahorat bilan bezadi. 1973 yildan xalqaro ko’rgazmalarda badiiy asarlari bilan qatnashadi.

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2000.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan