SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
Londonda Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi tasdiqlangani e'lon qilingan kun
1919-11-06

Britaniya Qirollik jamiyati va Qirollik astronomiya jamiyatining 1919 yil noyabrdagi qo'shma majlisida Eynshteynning nisbiylik nazariyasi tasdiqlangani tantanali ravishda e'lon qilindi. 1919 yil kuzda Angliya ekspedisiyasi quyoshning tutilish vaqtida nurning Eynshteyn tomonidan bashorat qilingan quyoshning tortilish maydoni tomoniga og'ishini aniqladilar. Olamshumul yangilik Yevropaning hamma gazetalarida chop etildi. Quyosh tutilishini tekshirish natijalarini har tomonlama to'liq o'rganib, olimlar yulduzlar yorug'lik nurining quyosh gardishi atrofida og'ishi Eynshteyn kattaligiga to'g'ri keladi degan qarorga kelishdi. Bu yig'ilishdan so'ng Eynshteynni butun dunyo sharaflay boshladi. Unga har tomondan taklifnomalar kela boshlaydi, leksiyalar o'qib butun dunyo bo'yicha sayohat qiladi. Eynshteynni bir ovozdan fizika bo'yicha Nobel mukofotiga tavsiya qilishdi, lekin uzoq vaqt Nobel komiteti a'zolari bir qarorga kela olishmaydi. Oxir-oqibat echim topiladi va 1921 yil Eynshteynga fotoeffekt nazariyasi uchun, ya'ni ko'plab yaxshi va muhokamasiz tajribalari uchun Nobel mukofoti topshiriladi.



Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan