SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
Xalqaro talabalar kuni
1946-11-17

1946 yil 17 noyabr Praga shahrida butundunyo talabalar kongressida tasdiqlangan. Albatta, bu bayramni yoshlik, xushchaqchaqlik va romantika deb esga olinadi. Lekin uning tarixi ikkinchi jahon urushi vaqtida Chexoslavakiyada boshlangan fojeali voqealarga bog'liq. 1939 yil 28 oktyabrda fashistlar tomonidan Chexoslovakiyaning Praga shahridagi talabalar va ularning o'qituvchilari Chexoslavakiya davlatining ta'lim bayramini (1918 yil 28 oktyabr) nishonlash uchun namoyishga chiqqanlar. Bosqinchilar namoyishchilarni tarqatib yubordilar. Lekin shu to'polonda tibbiyot fakultetining talabasi Yan Opletal otib o'ldirilgan. 1939 yil 15 noyabr Yan Opletalni dafn etish marosimi norozilik namoyishiga aylanib ketdi. 17 noyabr kuni ertalab gestapochilar va eseschilar talabalar yotoqxonasini o'rab oldilar. 1200 dan ortiq talabalar hibsga olinib, Zaksenxauzen konslageriga qamalganlar. 9 ta talabalar harakatining faollari Ruzine rayonidagi qamoq devorlari orasida, sudsiz o'ldirilgan. Bundan tashqari, urushning oxirigacha Chexiyadagi hamma oliy o'quv yurtlari yopilgan. Bu voqealarga asoslanib, butun dunyo talabalar kongressida xalqaro talabalar kunini o'tkazish belgilandi. Hozirga kelib, dunyoning ko'pgina davlatlari bu bayramni nishonlaydi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan