
Gepatit Virusi insoniyat salomatligi uchun eng asosiy xavflardan biri
hisoblanadi. Har yili 28 iyul kuni ko’p davlatlarda Dunyo bo’yicha gepatitga
qarshi kurash o’tkaziladi. Ushbu sanada belgilangani sababi, Nobel mukofoti
laureati, B Gepatit virusini aniqlagan Amerikalik shifokor Samuel Baruxning
tug’ilgan kuni hisoblanadi. 2008 yil
ilk marotaba xalqaro gepatitga qarshi kurash tashkiloti tashabbusi bilan
o’tkazilgan. 2011 yil butun jahon
sog’liqni saqlash tashkiloti ushbu sanani o’z taqvimiga kiritdi, va shu
orqali butun jahon gepatitga qarshi kurashish kuni o’z maxsus maqomiga ega
bo’ldi. Ushbu kunda butun jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti turli davlat
shifokorlariga har xil suhbatlar olib borish, insonlarga gepatit virusi va
uning kasallikka olib borish yo’llarini oldini olish haqida tushuntirish
kerakligini maslahat berishadi. Butun jahon Sog’liqni saqlash tashkiloti xabar
berishicha, gepatit dunyo bo’yicha 2 milliard insonni zararlagan. Ba’zi
shaharlarda A gepatit virusi bilan aholining katta qismi kasallangan, istiqomat
qiluvchilarning 10 qismi B va C gepatit
virusidan zararlanganlar hisoblanishadi. Jigar to’qimasinng kasallanishi gepatit deyiladi. Gepatit
virusi-ajralib turadi, jigar to’qimalarida ko’payishi mumkin bo’lgan virus
chaqiradi. Turli viruslar orqali ko’paygan gepatitlar, har xil
yo’l bilan yuqishi mumkin. Shu bilan birga Serroz va Rak kasalliklarini
keltirib chiqaruvchi kuchli jigar
xastaligiga ham chalinish mumkin. Gepatitdan 2 usul bilan himoyalanish mumkin.
Birinchidan, gigiyena qoidalariga rioya qilish natijasida A va E viruslaridan
himoyalanish mumkin, qon quyishda
ehtiyotkor bo’lish lozim. Ikkinchidan, emlash qilish ham mumkin. Ikkala
aytib o’tilgan usullar Gepatitdan zararlanish, kasallanishning oldini oladi.