SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181921
22232425262728
2930     
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi
1991-09-07

1991 yil 7 sentyabr O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi. Toshkent iqtisodiy faoliyat milliy banki, O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (Amir Temur shohko’chasi, 101) - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 10 sentyabrdagi farmoni bilan tashkil etilgan. Bank ta'sischisi va ustav kapitalining yagona aksiyadori O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidir. Bank zamonaviy bank tizimini shakllantirish va respublikaning xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi siyosatini amalga oshira boshlanishi jarayonida qatnashib, tashqi iqtisodiy aloqalarning samarali qo’llab-quvvatlanishini ta'minlaydi. Bank eksportga mo’ljallangan va import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishlar uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarining keng doirasini taqdim etishda faol ishtirok etadi. Bank tomonidan moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlangan investitsiya loyihalari energetika resurslari va metallarni qazib olish hamda qayta ishlash, qishloq xo’jalik, to’qimachilik va kimyo sanoati, transport, aloqa va sayyohlik infratuzilmasi, kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik sohalarini jadal rivojlantirishni ta'minlamoqda. Keng vakillar tarmog’i Milliy bankka operatsiyalar geografiyasini kengaytirish hamda respublikadagi korxona va tashkilotlarning boshqa mamlakatlardagi sheriklar bilan hisob-kitoblarini uzluksiz amalga oshirish imkonini beradi. Milliy bank 640 dan ziyod yetakchi xalqaro banklar bilan vakillar munosabatlarini o’rnatgan. Bankning 93 ta filiali mamlakatning barcha iqtisodiy muhim mintaqalarida joylashgan, ular qariyb 1390,2 ming korporativ va xususiy mijozlar uchun keng doiradagi xizmatlar ko’rsatadi. Respublika hududida 72 mini banki va 104ta ixtisoslashtirilgan maxsus kassalari faoliyat yuritmoqda. Bu maxsus kassalarning 34tasi Toshkent shahrida joylashgan. Bankning Toshkent shahar boshqarmasi 2001 yil 2 iyulda tashkil etilgan. Tarkibida 15 ta bo’lim va filiali bor. Qabul qilingan menejment mexanizmlarining yuksak samaradorligi Toshkent shahar boshqarmasiga o’z mijozlari bazasini ancha kengaytirish imkonini berdi. 2007 yilda 7688 xususiy tadbirkor, 11202 yuridik shaxs va 131166 jismoniy shaxs bankning poytaxtda joylashgan filiallari xizmatlaridan foydalandi. Faqat poytaxtning o’zida 2008 yilning 1 iyul holatiga ko’ra bank plastik kartochkalarining egalari 421 ming kishidan oshdi.Bankning ustav kapitali ( mlrd. so’m)-22,4; umumiy kapitali-652,4;- jami aktivlari- 3166,7; kredit portfeli-2036,8 ni tashkil etadi. (2008, 1 yanvar).Bank bir qancha ijtimoiy jamg’armalarga doimiy asosda yordam ko’rsatadi, ijtimoiy, madaniy, sport tadbirlariga homiylik qiladi. Toshkent shahridagi O’zbekiston Tasviriy sanat galereyasini moliyalaydigan asosiy muassasa.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan