SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2022
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
151617181920
21222324252627
28293031   
Qish faslining orzuqib kutilgan kuni
0000-12-01

Qish faslining birinchi bayrami “Birinchi qor ilk bor qor yog`ganda boshlangan” birinchi kuni “O`z vaqtida yoqqan qorning qadri bo`ladi” deyishadi. Darhaqiqat vaqtida yoki kuttirib yoqqan qor o`lkamizni oq libosga o`rab xalqimizga olam-olam quvonch olib keladi. Qor yoqqan kuni dalalarda qor otish bo`lib o`yin kulgi qilinadi. Qor sovuq bo`lsa ham, oq bo`lgani uchun e`zozlanadi. Qorboboning sovg`asi, Qor qiz tabrigi. Yangi yil archasi ,  insonlar bir-biriga ulashadigan sovg`alar, tabriklar paydo bo`ladi. Bolalarni ko`zlarida qorbo`ron o`ynash, kanki uchish kabi o`yinlarni juda sog`inib kutishganligi ko`rinib turadi.  Qor xat “suyunchi” uslubida yozila. Muallifning o`zi xat yozayotgan kishini birinchi qor bilan tabriklaydi, unga sog`liq, baxt va ishlariga muvaffaqiyatlar tilaydi. So`ng o`zining istak, shartini bayon qiladi.

Endi kelsak, so`zning indallosiga 

Ya`ni, qorxatning asl ma`nosiga:

Yangi yilda davra tuzmoq farz bo`lur,

Kim yutilsa, bir ziyofat qarz bo`lur,

Qorxat eltgan elchimizni tutsangiz,

Tan berurmiz, qarz bo`lurmiz-yutsangiz

Qorxat yozishdan maqsad “raqib”ni ziyofatga tushirishdir. Shu sababli, qorxatda ziyofat qachon, qayerda, necha kishiga berilishi lozimligi albatta yoziladi. Ba`zi hollarda qorxatda ziyofat emas, balki sovg`a olib berish ham so`raladi.Xalq og`zaki ijodi va adabiy-badiiy asarlardan “Birinchi qor” va “Qorxat”ga oid ko`plab namunalar mabjud. Oybekning “Navoiy” romanida qorxat haqida aytilgan qiyidagi o`rinlar bor: “Tansiq qorni g`animat bilib, kattalar o`z do`stlariga qorxat yozib, o`ziga xos zavq bag`ishlovchi qishki ziyofatlarga yura boshlaganlar”.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan