SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
192021222324
25262728293031
Xalqaro murabbo festivali kun
0000-08-08

8 avgustdan 17 avgustgacha Rossiya poytaxtida ilk bor Xalqaro Murabbo festivali yoki “Moskva murabbo” festivali bo’lib o’tadi. Ushbu festivalnning qatnashuvchilari oshpazlar va Rossiya bo’yicha 40 viloyat firmalari, shu bilan birga yaqin ba uzoq chet el mamlakatlaridan ularning 15 kasbdoshlari qatnashadilar. Ularning hammasi murabboni  yaxshi ko’ruvchi kattayu kichik hohlovchilarni mehmon qilish hamda Rossiya poytaxtini shirinliklarni hush ko’ruvchilar uchun jannatga aylantirish maqsadida Moskvaga tashrif buyurishadi. Festival Moskvada  xalq sayli ruhini berishda katta yordam berishi uchun shahar boshqarmalari tomonidan rag’batlantirilib o’tkaziladi. Barchamizga ma’lumki, murabbo Rus xalqining sevimli shirinligi hisoblangani uchun ham ushbu festival o’tkazilib kelinmoqda. Ushbu kunda hohlovchilar turli Rossiya viloyatlari hamda boshqa shaharlar murabbolarini ham ta’tib ko’rishlari mumkin. 10 kun davomida festival 230 ta rejalashtirilgan qishloq uylaridan iborat bo’lgan, shaharning 19 ta maydonida bo’lib o’tadi. Ulardan har biri o’z mavzusiga ega: “Sharq bozori”, “Jannat bog’i”, “Qrim” va boshqa nomlar bilan ataladi, so’ngra ularning ko’rinishini  qumdan va 4 metrgacha bo’lgan palma va boshqa ko’rkam daraxtlar bilan bezashadi. Hohlovchilar odatga, an’anaga ko’ra tayyorlangan Italiya, Tailand, Ozarbayjon, Ispaniya, Meksikadan keltirilgan murabbolarni tatib ko’rishlari mumkin. Faqatgina an’anaviy mevalardan emas, balki yashil pomidor, qo’ziqorinlardan, imbir, limondan tayyorlangan taassurotga boy murabbolarni ham uchratishimiz mumkin. Festivalda qishloq uychalarining birida “Bersenevsk murabbosi” deb nomlangan, maxsus reza mevalardan tayyorlangan Aleksandr Pushkinning ham sevimli, mashhur  murabbosi qatnashgan. Mevalar birinchi  qaynatilib olinadi, aroqda yuviladi, muzda saqlanib qo’yiladi. Shundan so’ng 5 bosqich bo’yicha tayyorlanadi. Murabbolarni tatib ko’rish jarayonida mehmonlar har xil mevalardan murabbolarni tayyorlanishini ham kuzatishlari mumkin. Shuningdek, faqatgina murabbo bilan cheklanib qolmasdan mehmonlarni san’at, sport, pazandalik  tadbirlari kutadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan