SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617192021
22232425262728
2930     
Belorus xalq shoiri Kupala Yanka tavallud topgan kun
1882-06-25

Kupala Yanka (taxallusi; asl ismi Ivan Dominikovich Lutsyevich) [1882.25.6. Vyazinka, hozirgi Minsk viloyati Melodechnensk tumani – 1942.28.6, Moskva] – Belorus xalq shoiri (1925), akademik (1928). Zamonaviy belorus adabiyoti asoschilaridan. Ijodi 1905 yildan boshlangan. “Nay” (1908), “Cholg’uchi” (1910), “Hayot yo’lidan” (1913) she’riy to’plamlari, “Mangu qo’shiq” (1908), “Qo’rg’ondagi tush” (1910), “Arslonning qabri” (1913) dostonlari belorus adabiyotida muhim ahamiyat kasb etgan. “Nomsiz” (1924), “Bayram kayfiyatlaridan” (1927) she’riy to’plamlari, “Odessa daryosi uzra” (1933), “Chin yurakdan” (1940) dostonlari va boshqa asarlar muallifi. Kupala she’riyati badiiy sodda va hayotiy. “Pavlinka” (1912), “Buzilgan uya” (1913) p’esalari belorus realistik dramaturgiyasi va milliy teatr san’ati rivojiga samarali ta’sir ko’rsatgan. Kupala ukrain xalqi tarixi, fol’klori va adabiyotini yaxshi bilgan. 1928,1932-1939 yillar Ukrainada yashagan. T.Shevchinkoga bag’ishlab asarlar yozgan (“Tarasning qismati”, 1939). Minskda Kupala nomida muzey (1945) bor, unga haykal o’rnatilgan (1949). “Bola va uchuvchi” (1953), “Erk qo’shig’i” (1983) she’riy kitoblari o’zbek tiliga tarjima qilingan. 

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopdiyasi. Toshkent. 2003.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan