SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
Nemis fizigi va kimyogari Nernst Valter German tavallud topgan kun
1864-06-25

Nernst Valter German (1864.25.6, Brizen, Polsha – 1941.18.11, Obertsibelle, Germaniya) – nemis fizigi va fizik-kimyogari. Gyottingen (1891) va Berlin (1905) universitetlari professori, Berlin universiteti qoshidagi fizika instituti direktori (1924-1933). Qattiq o’tkazgichlarda temperatura gradient hamda o’tkazgichda tik magnit maydoni mavjud bo’lganda elektr maydoni hosil bo’lishi hodisasini ochgan (Nernst effekti). Bir-biriga aralashmaydigan yoki qisman aralashadigan ikki modda eritmasi orasida eruvchan uchinchi modda kontsentratsiyalari nisbati o’zgarmas kattalik bo’lishini aniqlagan (Nernst taqsimot qonuni, 1890), termodinamikaning uchinchi bosh qonunini tushuntirib bergan (1906). Joyiga qarab kontsentratsiyasi o’zgaruvchi eritmalarda elektr yurituvchi kuchlar nazariyasi, metallarning elektrolitik eritish nazariyasi, elektrod potentsiallari nazariyasini rivojlantirgan. Cho’g’lanma lampani ixtiro qilgan (bu lampa uning nomi bilan ataladi). Nobel mukofoti laureate (1920).

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2003. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan