SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Dekabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
345689
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Daniya fizigi Nils Bor vodorod atomining ichki tuzilish nazariyasini yaratgan kun
1913-02-28

1913 yil 28 fevralda Daniya fizigi Nils Bor vodorod atomining ichki tuzilish nazariyasini yaratdi.

Daniya fizigi Nils Bor 1913 yil 28 fevralda vodorod atomining ichki tuzilish nazariyasini yaratdi. Nils Bor atom zarralari murakkab tizim bo‘lgani holda muvozanatda bo‘lishini birinchi bor tushuntirib berdi. Nils Bor atom nazariyasini yaratishda faraz sifatida uchta postulat qabul qiladi.

 I postulat. Elektron yadro atrofida aylanma harakat qilayotganda o‘z energiyasini yo‘qotmaydi.

II postulat. Elektron yadro atrofida faqat barqaror orbitalardagina aylanishi mumkin.

III postulat. Elektron energiyasi katta bo‘lgan barqaror orbitadan energiyasi kichik bo‘lgan orbitaga o‘tganda ortiqcha energiyasini yorug‘lik nuri, kvant (foton), yani h v sifatida chiqaradi. Bunda v - nurlanish chastotasi,

           с

V =      , с – yorug‘lik tezligi,    λ - nurning to‘lqin uzunligi.

          λ

                 Bor nazariyasi faqat vodorod va vodorodga o‘xshagan atomlar uchungina yaroqlidir. Biroq zaryadlari soni ko‘p bo‘lgan elementlarning kvant nazariyasi – kvant mexanikani yaratishda Borning atom nazariyasi boshlang‘ich qadam bo‘lib xizmat qildi. Kvant mexanika Nils Bor, V.Geyzenberg, L.de-Broyl, M.Born, A.P.Dirak va boshqa tomonidan yaratildi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan