SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
121314151618
19202122232425
2627282930  
Rus fizigi Kapitsa Pyotr tavallud topgan kun
1894-06-27

Kapitsa Pyotr Leyonidovich [1894.27.6. Kronshtadt – 1984] – rus fizigi, akademik (1936). O’ta kuchli magnit maydonlar, past temperaturalar fizikasi va texnikasi asoschilaridan biri. 1921 yil Buyuk Britaniyaga ilmiy xizmat safariga yuborilgan. U yerda E. Rezerford rahbarligida ishlagan (1921 – 1924). Kavendish labaratoriyasi direktori o’rinbosari (1924 – 1932). Kembrijdagi monda labaratoriyasi direktori (1930 – 1934). Kapitsa 1934 yil Moskvada Fizika muammolari institutini (hozirda Kapitsa nomidagi) tashkil qilib, 1935 – 1946 yillar va 1955 yillardan direktori. Kapitsa o’ta kuchli magnit maydonini hosil qilish usulini yaratgan, spektr chiziqlarining kuchli maydon ta’sirida ajralishini, metallarning elektr qarshiligi kuchli magnit maydon ta’sirida chiziqli o’zgarishini aniqlagan. Kapitsa o’z tajribalarida G=2,19 Kdan past temperaturalarda suyuq geliyning qovushoqligi juda kamayib ketishi (geliy-2 ning o’ta oquvchanligi) ni kashf etgan va uning fizik xususiyatlarini batafsil o’rgangan. Bunday holdagi geliy 2 xil component – o’ta oquvchan va normal hollarda bo’ladi. Nobel mukofoti laureati (1978).

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediysi. Toshkent. 2002. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan