SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627293031 
Xalqaro zargarlar kuni
0000-01-31

31 yanvar – Xalqaro zargarlar kuni.

Insonlar doim o‘zlariga zeb berishni yoqtirishgan. 31 yanvar - butun dunyoda  Xalqaro zargarlar kunini o‘z ishining ustalari, bizning hayotimizni chiroyli qiladigan insonlar o‘zlarining  kasb bayramlarini nishonlaydilar. Zargarlik juda qadimiy kasblardan biri hisoblanadi, chunki insonlar azaldan o‘zlariga zeb berishni yoqtirishgan. Birinchi taqinchoqlar oddiy va jo‘n homashyolardan tayyorlangan. Masalan: chig‘anoqlardan, hayvonlar tishlaridan va qimmatbaho toshlardan munchoq shodalari tayyorlangan. Eng qimmatbaho taqinchoqlarni qabila boshliqlari taqishgan. Zargarlik san’atining vatani Qadimgi Yunoniston hisoblanadi. Rangli metal va toshlardan tayyorlangan birinchi zargarlik buyumlari Yunonistonda yaratilgan. Qadimgi ustalarning tayyorlagan buyumlari o‘zlarining go‘zalligi va betakrorligi bilan hozir ham insonlarni hayratga solmoqda. Buyumlarni yasashda ustalar rangli toshlardan, durlardan va qahrabo(yantar)lardan foydalanishgan. Mayda durlarni kiyim-kechaklarning ustiki qismini bezashda ishlatishgan. 17-asr o‘rtalarida Rossiyada rangli toshlardan yasalgan turli xildagi zargarlik buyumlarini yasash avj olgan.Faberje zargarlik uyi Yevropa, Osiyo va Afrika qirolliklariga o‘zlarining yasagan buyumlarini  yetkazib berishgan. 19-asr o‘rtalarida Karl Faberje zargarlik uyi o‘zlarining tayyorlagan buyumlarida tog‘ billuri va nefrit toshlardan foydalanishgan, ular noyob zargarlik buyumlari qiziquvchilari va kolleksionerlar orasida yuqori baholangan. Qadimgi buyuk ustalarning ishlarini davom ettirgan holda hozirgi zamon ustalari, zargarlik san’ati qonunlaridan chiqmagan holda ajoyib buyumlar bilan bizlarni hursand qilishmoqdalar. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan