SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212223252627
282930    
Norveg dramaturgi Ibsen Genrik tavallud topgan kyn
1828-03-20

Ibsen Genrik (1828.20.03, Shien — 1906.23.05, Kristianiya) — norveg dramaturgi. Bergendagi birinchi milliy norveg teatriga (1852—1857), Kristianiyadagi norveg teatriga (1857—1862) rahbarlik qilgan. Ilk she'rlari va «Katlina» (1850) dramasi Evropadagi 1848 yil inqilobi ta'sirida yaratilgan. Rim, Drezden, Myunxenda yashagan (1864—1891). «Estrotlik Inger xonim» (1855), «Gelьgelandagi urushlar» (1858), «Taxt uchun kurash» (1863) tarixiy dramalarida Evropa romantizmining ta'siri seziladi. «Brand» (1866) va «Per Gyunt» (1867) falsafiy-ramziy poetik dramalarida norveg kiborlari hayoti tasvir etilgan. Ibsen Genrikning «Jamiyat peshvolari» (1877), «Uya» (1879), «Sharpalar» (1881), «Xalq dushmani» (1882) pesalari mashhur. «Yovvoyi o'rdak» (1884), «Rosmersxolm» (1886), «Dengizdan kelayotgan ayol» (1888), «Gedda Gabler» (1890) kabi dramalarida so'nggi davrga xos ramziy unsurlar aks etgan. «Quruvchi Solnes» (1892), «Kichkina Ey- olf» (1894) va boshqa asarlari Evropa realistik dramaturgiyasining yutuqlaridan hisoblanadi. Ibsen Genrik jahon dramaturgiyasi va teatriga katta ta'sir o'tkazdi. «Sharpalar» pьesasidan parchalar o'zbek tiliga tarjima qilingan (1974).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan