SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920212223
25262728293031
O’zbekiston geolog olimi Muxtor Ahmadjonov tavallud topgan kun
1932-06-28

Ahmadjonov Muxtor Oripovich (1932.28.6 – 1998.29.10, Toshkent) – geolog olim, geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1969), professor (1972). O’rta Osiyo davlat universitetini tamomlagan (1995). O’zbekiston Geologiya Vazirligida geolog (1955-57). O’rta Osiyo mineral xom ashyo ilmiy tadqiqot institutida katta muhandis (1957-60). 1960 yildan O’zbekiston FA Geologiya va geofizika institutida katta ilmiy xodim, regional va dinamik geologiya bo’limi mudiri (1961 yildan). 1978-85 va 1991 yildan Toshkent texnika universitetida kafedra mudiri. Birinchi marta O’zbekistonning tektonik xaritasini tuzdi va yopiq maydonlar geologik tuzilishini mukammal o’rgandi. O’zbekistonda tokembriy qatlamlari borligini birinchi bo’lib aniqladi va asosladi. Bu esa oltin izlashga keng yo’l ochib berdi. O’zbekiston Respublikasida mineral xom ashyo bazasini rivojlantirishga hissa qo’shgan. Pragada (1968), Moskvada (1971, 1973,1983) bo’lgan xalqaro geologik kongresslar qatnashchisi. Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1977).

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2000.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan