SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141517181920
21222324252627
28293031   
O’zbekiston xalq artisti opera xonandasi Muxiddinov Qo’rqmas tavallud topgan kun
1946-03-20

Muxiddinov Qo’rqmas (1946.20.03, Yangiyo’l shaxri.) - opera xonandasi (bas). O’zbekiston xalq artisti (1986). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1975). 1975 yildan Navoiy nomidagi opera va balet teatrida yakkaxon xonanda. O’zbekiston davlat konservatoriyasida kafedra mudiri, dotsent (2002 yildan). Muxiddinov Qo’rqmas o’zbek teatrida Yevropa mumtoz operalaridagi asosiy partiyalarni ijro etuvchi yetakchi opera solisti. Chet el operalarida rus, ingliz va italyan tillarida asosiy partiyalarni mahorat bilan ijro etgan. Galitskiy («Knyaz Igor»), Xon Boboxon («Tohir va Zuhra»), General-gubernator («Bo’ron»), Mefistofel («Faust»), Boris Godunov, Pimen («Boris Godunov»), Don Bazilio («Sevilya sartaroshi»), Arastu («Sug’d elining qoploni»), Monterone («Rigoletto»), Ramfis («Aida»), Qirol Rene («Iolanta»), Pyotr («Pyotr I»), Qozi («Maysaraning ishi»), Muhammad Said («Zebunniso»), Yunon elchisi («Buyuk Temur») va boshqalar. Muxiddinov Qo’rqmas sahnada yaratgan asosiy obrazlaridan. Konsert-ijrochilik sohasida ham faol qatnashmoqda. Zamonamizning eng kuchli opera ijrochilaridan bo’lib, keng diapazondagi ovozi, musiqada so’zlarning dona-dona ifoda etilishi, ijroda his-hayajon, yuqori bas, yoqimli tembri bilan ajralib turadi. Germaniya, Finlyandiya, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa mamlakatlar sahnalarida o’zbek va jahon operasini namoyish etgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan