SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161718192122
23242526272829
30      
Kvant elektronika asoschilaridan biri Aleksandr Proxorov Mixaylovich tavallud topgan kun
1916-06-28

Proxorov Aleksandr Mixaylovich [1916.28.6. Aterton shahri, Avstraliya – 2002, Moskva] – rus fizigi, kvant elektronika asoschilaridan biri, akademik (1966 yil). Ikki marta Mehnat Qahramoni (1969, 1986). Leningrad universitetini tugatgan (1939). Ilmiy ishlari paramagnet mazer, ochiq resonator, gazodinamik va qattiq jismli tezlatkichlar, plazmalar fizikasi va boshqalarga oid. N. G. Basov bilan hamkorlikda (Ch. Taunsdan mustaqil ravishda) birinchi kvant generator – mazerni yaratgan (1954). Xodimlari bilan paramagnet mazerlarni yaratish usullarini rivojlantirgan (1957 – 1958). Lazer texnikasida keng qo’llanila boshlagan ochiq rezonatorlar g’oyasini (1958) va gazodinamik lazer g’oyasini (1967) ilgari surgan. U infraqizil va ko’rinadigan nurlanishlarning qudratli lazerlarini yaratish, bu lazer nurlanishlarning moddalar bilan o’zaro ta’sirlari to’g’risidagi fundamental ishlar muallifi. ( Katta Rossiya Ensklopediyasi (1996 yildan) Bosh muharriri. Nobel mukofoti laureati (1964; N. G. Basov va Ch. X. Tauns bilan hamkorlikda). 

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2004.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan