SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920212223
25262728293031
Barokko davri flamand rangtasviri maktabining asoschisi Piter Rubens tavallud topgan kun
1577-06-28

Rubens Piter Pauel (1577.28.6, Zigen, Germaniya – 1640.30.5, Antverpen) – flamand rassomi, barokko davri flamand rangtasviri maktabining asoschisi. 1600-08 yillarda Italiyada yashab Mikelanjelo, Rafael’, Titsian asarlarini o’rgangan. Antverpenga qaytgach, Rubens Flandriya hukmdori saroyida bosh rassom bo’lgan. Rubens hayotni uning ijtimoiy ko’rinishlarida aks ettiradi; asarlarida bezak ko’lami cheklanmagan, kompozitsiyalar murakkab ritmga bo’ysundirilgan, shakllar jo’shqin harakatda, keskin rakurslarda tasvirlanadi, nursoya keskinligi keng qo’llaniladi. Rubens. “Yelena Faurment va bolalari” (1637, Luvr). Monumental diniy kompozitsiyalar (“Xochni O’rnatish”, taxminan 1610-1611; “Xochdan olish”, taxminan 1611-1614; Antverpendagi Onze-live-Vrauekerk soborida), portretlar (“Izabella Brant bilan avtoportret”, 1609; “Mariya Medichi”, taxminan 1622-1625; “Po’stin”, taxminan 1638-1640), afsonaviy lavhalar (“Persey va Andromeda”, “Dahshatli sud”, 1612-1640), manzaralar (“Kamalakli manzara”, 1632-1635; “Quyosh botishidagi manzara”, 1635-1640) yaratgan. 1617 yildan Rubens ustaxonasida uning eskizlari asosida bir qator turkum monumental bezak asarlar tayyorlangan (“Mariya Medichi tarixi”, 1622-1625, Luvr), ularni yaratishda Rubensning shogirdlari – yirik rassomlar (A. Van Deyk, Ya. Yordans, F. Sneyders va boshqalar ishtirok etgan. Rubensning nozik kuzatishlari, murakkab bezak dog’lari, chiziqlari va boshqalar bilan ajralib turuvchi eskiz va rasmlari uning virtuoz mahoratini namoyon etadi. Rubens ijodi flamand va umumyevropa rangtasviri rivojida muhim rol’ o’ynagan.

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2004.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan