SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920212223
25262728293031
Fransuz faylasufi, yozuvchisi, kompozitori Jan Jak Russo tavallud topgan kun
1712-06-28

Russo Jan Jak (1712.28.6, Jeneva – 1778.2.7, Ermenonvil’, Parij yaqinida) – fransuz faylasuf-ma’rifatparvari, yozuvchisi, kompozitori. Fransuz sentimentalizmining yirik vakili. Malay, xattot, murabbiy, musiqa o’qituvchisi va boshqa ishlarda ishlagan. Parijda D. Didro rahbarligida tayyorlangan ensiklopediyaga musiqaga oid maqolalar yozgan. 1741 yilgacha Shveytsariyada yashagan, keyin Parijga ketgan 1762 yil “Emil’, ya’ni tarbiya to’g’risida” nomli pedagogik romani va “Ijtimoiy shartnoma to’g’risida” siyosiy risolasi chop etilgach, dindorlar tomonidan taqibga olingan Russo Fransiyani tark etgan. 1770 yil u yana Parijga qaytib kelib notalarni ko’chishi bilan shug’ullangan. “Fanlar va san’atlar haqida mulohazalar” (1750) asarida tengsizlik va zulmga asoslangan o’z davridagi tamaddunni tanqid qilib, uning o’rniga “Tabiiy holat”ni qo’ygan. Uning g’oyalari keyinchalik “Odamlar orasida tengsizlikning kelib chiqishi va asoslari haqida mulohaza” (1755) asarida o’z ifodasini topgan. “Ijtimoiy shartnoma to’g’risida” risolasida (1762) ideal jamiyat manzarasini tasvirlagan. Russo ingliz parlamentarizmini qoralab, xalq suverenitetini, xalq hokimiyatini himoya qilgan. Pedagogika masalalariga bag’ishlangan “Emil’, ya’ni Tarbiya haqida” (1762) asarida sxolastik ta’lim va tarbiya usullarini tanqid qilgan, maktabning eng birinchi vazifasi haqiqiy inson va fuqaroni tarbiyalashdir deb uqtirgan. Bolalarda mustaqil fikrlash tarafdori bo’lgan. Russoning asarlari (“Harbiy asirlar”, 1743; “Yuliya, ya’ni Yangi Eloiza”, 1761; “Iqror”, 1766-69; “Yolg’iz hayolparastning sayri”, 1777-78) Yevropa adabiyotida psixologizmning vujudga kelishiga sabab bo’lgan. She’rlar, dostonlar, operalar (“Qishloqlik jodugar”, 1752-53) yozgan, bir pardali lirik sahna asari “Pigmalion” – melodramaning ilk namunasi hisoblanadi. Russo g’oyalari ko’pgina mamlakatlar ijtimoiy tafakkuriga va adabiyotiga ta’sir ko’rsatgan.

  

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2004.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan