SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Grafik rassomTursunali Qo'ziyev Karimovich tavallud topgan kun
1954-11-18

(1954.18.11 Surxondaryo viloyati Surxon qishlog’i) grafik rassom, kandakor, foto san'ati ustasi. O’zbskiston Badiiy Akademiyasi akademigi (1997), O’zbekistan Respublikasi san'at arbobi (1999). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1976) va Toshkent teatr va rassomlik san'ati inistituti (1982)ni tugatgan; badiiy kandakorlikni usta O. Azizovdan o’rgangan. Qo'ziyev ish faoliyatini Jarqo’rgon  shahri bosh rassomi sifatida boshlagan. Surxondaryo  viloyati  madaniyat  fondi raisi (1987-92). Respublika rassomlik bilan yurti direktori (1993-95), O’zbekiston  Respublikasi Prezidenti devoni  mas'ul xodimi (1995-96), O’zbekiston Respublikasi Madaiyat ishlari vazirining birinchi o’rinbosari (1996-97), 1997 yildan O’zbekiston Badiiy Akademiyasi raisi, ayni bir vaqtda O’zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi, 1998 yildan Kamoliddin Behzod  nomidagi Milliy rassomlik va dizayn inistituti professor. Qo'ziyev asarlariga borliqni shoirona talqin etish, ranglar yorqinligi, nafisligi xos. "Jarqo'rg’onlik bog’bon", "Ona yurtim", "Olimlar". "Naqishbandiyga bag’shlov" uchligi (triptixi), "To’linoy", "Qiz portreti", "Munojot". "Shoira portreti" kabi rangtasvir, "Alisher Navoiy" (mis), "Tib qonunlari" (mis), "Afsona" kabi kandakorlik asarlariga yaratgan. Grafik rassom sifatida Mirtemir asarlariga hamda o'zbek, rus, gruzin ertaklariga bezaklar, "Yoshlik qo'shig'i" devoriy rasm (1979, hamkorlikda, Jarqo’rg’on shahrida),"Turnalar" yodgorligi (1982,. Sherobod tumanida) kabi monumental asarlar ishlagan. Badiiy foto asarlari mavzu jihatidan rang-barang, ularda ona yurt madhi, jahon madaniy merosi. o’ziga xos tabiati, tarixiy obidalari, xalqning milliy urf-odati poetik, talqinini topgan. "O’zbek fotografiyasi. 125 yil" antologiyasi. "Langar", "Ijodimiz haqida gapirsak" albomlari muallifi. Qo'ziyev Respublika va xorijiy mamlakatlar (Hindiston, Yaponiya, Koreya, Misr, Pokiston, Fransiya, Italiya, Germaniya) ko’rgazmalarida asarlari bilan  ishtirok etgan, 2-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiniig deputati. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi Bosh taxrir hay'ati a'zosi (2000). "Do’stlik" ordeni bilan mukofotlangan (2003).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan