SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
1897 yil 28 yanvarda Rudolf Dizel ichki yonuv dvigatelini qurib, sinovdan o‘tkazgan kun
1897-01-28

1897 yil 28 yanvarda Rudolf Dizel ichki yonuv dvigatelini qurdi va sinovdan o‘tkazdi.

Dizel Rudolf (1858.18.3, Parij – 1913.29.9,  La-Mansh) – nemis ixtirochisi. Myuxendagi Oliy politexnika maktabini bitirgan (1878). Yonilg‘ining siqilgan havoga purkalishidan alangalanadigan ichki yonuv dvigateli (dizel)ni yaratgan. Dizel o‘z dvigateli uchun 1892 yilda patent olgan. Bu bilan Dizel ideal Karno sikliga yaqin bo‘lgan siklda ishlaydigan ichki yonuv dvigatelini yaratish g‘oyasini ilgari surdi; bunda toza havoni 25 Mn/m2 (250 kg kuch/sm2)gacha siqib eng yuqori temperaturaga erishdi. Bir qadar takomillashtirilganidan keyin (1897) dvigatel arzon yonilg‘i (neft mahsuloti) bilan puxta ishlaydigan va transportda keng qo‘llaniladigan bo‘lib qoldi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan