1690 yil
14 yanvarda nemis ustasi Iogann Kristof Denner klarnet ixtiro qildi.
1690 yil
14 yanvarda nemis ustasi Denner
zamondoshlariga o‘zi ixtiro qilgan
qayta ishlangan sibizg‘a
eslatadigan musiqa asbobini ko‘rsatganda , ularni asbobning yorqin ovozi hayratga soldi. Bu ovoz
karnayning tovushini eslatardi.Karnay shu paytda «klarino» deb atalardi va
yangi asbobni «klarinetto» - «kichkina karnay» deb nomlashdi.Klarnet
(italyancha Slarinetto, lotincha clarus
– tiniq (tovush) so‘zidan), soprano (yoki kata) klarneti – puflama-tilchali
yog‘och musiqa cholg‘usi. 17-asr oxirida yuzaga kelgan. Tovushi tiniq, yorqin,
shirali va yoqimli. Obnus (qora) daraxti yog‘ochidan va plastmassadan yasaladi.
Yuqori qismidagi moslama (mundshtuk)ga qamish (yoki bamuk) tilcha bog‘lanadi,
silindr shaklidagi havo yo‘li (ichki kanal)ning uzunligi 590-680 mm. Hozirgi
klarnerlar 7 teshikli va 20 klapanli, asosan, В yoki A sozida bo‘ladi. Diapazoni d (yoki sis) –b3 (c4). Kichik klarnetlar, bassetgorn, bas-klarnet, kontrabas-klarnet
kabi turlari ham mavjud. Ijro va ifodaviy imkoniyatlari keng bo‘lgan klarnet
yakkanavoz soz sifatida, kamer va estrada ansambllari, simfonik va puflama
cholg‘ular orkestrlarida ishlatiladi. O‘zbekistonda ilk klarnetchilar 20-asr
boshida paydo bo‘lib, 1950-yillardan U. Rizoqulov, B. Solihov, B. Murtazoyevlar
tanildi.