SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627293031 
Кimyogar olim To’lqin Mirkomilov tavallud topgan kun
1930-06-30

Mirkomilov To’lqin Miromilovich (1930.30.6, Toshkent) – kimyogar olim. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1995). Texnika fanlari doktori (1983), professor (1985). Toshkent politexnika institutini tugatgan (1962), shu institut kimyo kafedrasi mudiri (1973-92), Toshkent kimyo – texnologiya instituti rektori (1992-94). Toshkent texnika universiteti rektori (1994-2001), prorektori (2001 yildan). Mirkomilovning ilmiy ishlari ekologik toza texnologiyalarni ishlab chiqarish, paxta sanoati chiqindilarini qayta ishlash hamda mahalliy xom ashyolardan foydalangan holda plastmassalarning yangi turlarining olishga bag’ishlagan. Uning rahbarligida tarkibida sellyuloza bo’lgan xom ashyolarning tuzilishi bilan ularning xossalari orasida o’zaro bog’liqlik borligi to’g’risidagi nazariya; sorbitlar, ionitlar va fiziologik faol polimerlar olish maqsadida sellyulozani ko’p funksional kislotalar bilan modifikatsiyalash usullari; tarkibida sellyuloza bo’lgan sanoat chiqindilaridan yuqori sifatli sellyuloza olish texnologiyasi ishlab chiqildi. Yangi oligomerlar va polimerlar olindi hamda ularning qo’llanishi sohalari aniqlandi. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.          
Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 20003. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan