
3
yanvar 2007 yil Ginnesning yangi rekordi: 14 yoshli britaniyalik maktab
o‘quvchisi yolg‘iz o‘zi Atlantika okeanini kechib o‘tdi.
14 yoshlik Buyuk Britaniya
fuqarosi Maykl Piram yakka o‘zi Atlantika okeanini suzib o‘tdi va shunday
jasoratlarni ko‘rsatgan eng yosh dengizchisiga aylandi. Bu haqda 3 yanvar kuni
Britaniyaning Times gazetasining sayti yozadi.
Bunday sarguzasht uchun
vaqtinchalik maktab mashg‘ulotlarini to‘xtatib qo‘ygan Maykl bugun mahalliy
vaqt bilan soat 14:00 Antigua (Karib orollari)orolining Nelson doklariga
o‘zining kichik 28 futlik (fut -30,48 sm
ga teng uzunlik o‘lchovi) Cheeky Monkey deb nomlangan yaxtasida yetib keldi. Bandargohda Mayklni
va uni radio orqali kuzatib kelayotgan otasi Piterni yelkanli flotiliya,
orkestr va hukumat delegatsiyasi kutib oldi.
Shuni ta’kidlash mumkinki, Maykl
Piram yelkanda suzishga yetti yoshidan qiziqadi. Bu mashg‘ulotlarga unga otasi,
tajribali yaxtachi o‘rgatgan.
Suzish to‘rt hafta o‘rniga olti
yarim haftaga cho‘zildi. Bu kechikish yaxtadagi nosozliklar tufayli edi. Maykl
shu sababli Yashil Burun orolida to‘xtab olishga majbur bo‘ldi.
Piram Atlantika ummonini suzib
o‘tishni o‘tgan yili(2006)boshlangandi. Sarguzashga jo‘nash manzili Gibraltar
bo‘g‘ozi bo‘ldi. Maykl o‘z oldiga ilgari boshqa bir britaniyalik o‘quvchi
tomonidan o‘rnatilgan avvalgi rekordni yangilashni maqsad qilib qo‘ydi. Oldingi
rekordchi Sebastyan Klaver 2003 yilda 15 yoshida yaxtada Kanar orollaridan
Antigua orollarigacha kechib o‘tgan edi. Bu yilgi rekord xayriya maqsadida
uyushtirilgan bo‘lib, suzish chog‘ida kelib tushgan mablag‘lar ehtiyojmand
bolalarga sarflanadi.
Maykl
o‘zining Atlantika ummonidan suzib o‘tish jarayoni taassurotlarini kunma kun
internet-kundaligi (blogi)da yozib bordi. 28 dekabrda u shunday yozgan: “Quyosh
haddan ziyod kuydiryapti, buning oldini olish uchun chora ko‘rish lozim. Har
tongda men palubada uchar baliqlarni topaman, nazarimda ular yo‘ldan
adashishgan. Manzilga atigi besh kun qoldi!”
Mayklning
onasi Xiter VVSga bergan intervsida o‘g‘li bilan juda faxrlanishini va uning bu
jasorati boshqa tengqurlariga ham ibrat bo‘lishini bildirdi.
Jasoratli
yosh dengizchiga Buyukbritaniya hukumati nomidan Vise-premer Jon Preskott (Toni
Bler bu paytda Mayamida ta’tilda edi)tabrik maktubi yo‘lladi. Eslatib o‘tamiz,
o‘z karerasi boshida Preskott tijorat kemasi dengizchisi edi. U ishonch bilan
o‘z maktubida hali tabrikka Qo‘shma Qirollikning ko‘plab aholisi quvonch bilan
qo‘shilajakligini ta’kidlab o‘tdi.