SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Kanadalik fiziolog Banting Frederik Grant tavallud topgan kun
1891-11-14

Frederik Grant Banting Kanada fiziologi va vrachi, insulin gormoni ixtirochisi. Fiziologiya va meditsina bo'yicha Nobel mukofoti laureati (1923 yil). F. Banting xizmatlarini hisobga olib Xalqaro diabetga qarshi kurash kuni uning tug'ilgan kunida nishonlanadi. Insulinni ixtiro qilishda o'zining assistenti Charlz Bestaning qo'shgan ulushini alohida ta'kidlab o'tadi. Banting Nobel mukofotining yarmini Bestaga minnatdorchilik sifatida bergan. Nobel mukofotining eng yosh nomzodi bo'lib, Banting o'sha vaqtda 32 yoshda edi. 1934 yil GeorgV ritsari unvoniga ega bo'ldi. Frederik Grant Banting 1891 yil 14 noyabrda Kanadaning Ontario provinsiyasi Alliston posyolkasida tug'ilgan. Uilyam Tompson va Margaret Grant Bantinglar oilasining eng kichik a'zosi. Alliston maktabida bilim olgan, keyin ilohiyotni o'rganish maqsadida Toronto universitetiga o'qishga kirdi, lekin ko'p o'tmay meditsinani o'rganishni boshladi. 1916 yil meditsina bo'yicha bakalavr diplomini oldi. 1-jahon urushi vaqtida Kanada meditsina xizmatida bo'ldi. 1918 yil Kembrda yarador bo'ladi, 1919 yil esa Harbiy krest bilan taqdirlandi. Urushdan so'ng Kanadaga qaytib keladi va 1919-20 yillarda ortopediyani o'rganadi. Torontodagi kasal bolalar gospitalida xirurg bo'lib ishlaydi.1920-21 yillarda Londonning G'arbiy Ontario universitetida ortopediyadan dars beradi va farmakologiyadan leksiyalar o'qiydi. 1922 yil doktorlik darajasiga loyiq deb topilib, oltin medal bilan taqdirlandi. Banting qandli diabet kasalligi bilan juda qiziqib qoladi. Bu kasallikni o'rganish jarayonida ko'plab odamlar bilan bu muammoni muhokama qilardi. Bularning ichida Toronto universiteti fiziologiya professori Jon Jeyms Rikard Makleod ham bor edi. Makleod Bantingga tajribalar o'tkazish uchun o'z yordamini taklif qiladi. Banting student-assistent Charlz Besto bilan birgalikda ishlay boshlaydi. Me'da osti bezining gormonal funktsiyasi ustida tadqiqot ishlari olib borib, birinchi bo'lib insulin gormonini kashf etadi. Ikkinchi jahon urushi bo'layotgan paytda Banting uchish vaqtida paydo bo'ladigan muammolarni o'rgana boshlaydi (masalan, ko'rish qobiliyatini yo'qotgan, lekin ongi saqlangan holda qon aylanishini buzilishi). Ikkinchi jahon urushida F.Banting Braziliya va shimoliy Amerika meditsina muassasalari orasida aloqa ofitseri bo'lib xizmat qiladi. 21 fevral 1941 yil Nyufaundlendda aviahalokat natijasida halok bo'ladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan